Maslahatga buyurtma bering
Iste’mol krediti

Buyurtma qoldirish

Bank tomonidan moliyaviy iste’mol kreditlari o‘z faoliyati natijasida olingan doimiy daromadlarga, pensiya va boshqa daromadlarga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovarlar, ishlar va xizmatlar sotib olish uchun beriladi.


Bank tomonidan Iste’mol krediti quyidagi shartlarda beriladi:

Kreditlash maqsadi

Kredit miqdori*

Yillik foiz stavkasi

Kredit muddati

Boshlang'ich badal miqdori

1

Iste’mol tovarlar, ishlar va xizmatlar sotib olish uchun

Eng kam ish haqining 200 barobarigacha

30 foizdan kam bo'lmagan miqdorda

36 oy

boshlang'ich badalsiz

2

Maishiy texnika va orgtexnika sotib olish uchun

eng kam ish haqining 60 baravarigacha

28 foizdan kam bo'lmagan miqdorda

12 oy

Bank filiallari tomonidan iste’mol kreditlari quyidagi maqsadlarga ajratiladi:

  • uy jihozlari mebellar to‘plami, interer, santexnika jihozlari sotib olish hamda o‘rnatish uchun;
  • uy ro‘zg‘or buyumlari sotib olish;
  • maishiy texnika, audio-video, isitish moslamalari va boshqa orgtexnikalar sotib olish uchun;
  • avia va temir yo‘l chiptalarini sotib olish uchun;
  • velosiped, moped, bolalar va nogironlar aravachasi, mototsikl va mototsiklga tenglashtirilgan transport vositalari sotib olish uchun;
  • zargarlik buyumlarini xarid qilish uchun;
  • kiyim - kechak va poyafzallar sotib olish hamda kelin-kuyov liboslari ijarasi uchun;
  • kitob sotib olish va chop etish xizmatlari uchun;
  • sport va fitnes anjomlari uchun;
  • quyosh batareyasi asosida ishlovchi uskunalarni xarid qilish uchun;
  • to‘y, yubiley va boshqa marosimlar o‘tkazish xizmatlari uchun;
  • xususiy bog‘cha, maktab, tayyorlov va o‘quv kurslarida ta’lim olish, malaka oshirish va haydovchilarni tayyorlash xizmatlari uchun;
  • O‘zbekiston Respublikasi hududidagi mehmonxona, dam olish maskanlari hamda boshqa turistik xizmatlar uchun;
  • O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga sayohat va uni tashkillashtirish bilan bog‘liq turistik xizmatlar uchun;
  • uy-joylarni ta’mirlash uchun;
  •  xonadonga gaz, elektr, suv tushirish xizmatlari uchun;
  •  yengil avtomobillarni ta’mirlash, ularga gaz ballon uskunalarlari o‘rnatish xizmatlari uchun;
  •  yengil avtomobillar oynasini qoraytirish va davlat raqamlari to‘lovi uchun;
  •  salomatlikni tiklash, davolanish va diagnostika xizmatlari uchun;
  •  komunal to‘lovlarni to‘lash uchun;
  •  qonunchilik bilan cheklanmagan boshqa maqsadlar uchun.

“Iste’mol krediti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga asosan moliyaviy iste’mol krediti berish O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki realizatsiya qiluvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag‘iga bank yoxud boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag‘lari o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.



Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Qarz oluvchi pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
  • Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), yakka tartibdagi jamg‘arma pensiya hisob raqami ko‘rsatilishi kerak)
  • Qarz oluvchi va iste’mol tovar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
  • Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.

Quyidagi kredit ta’minot turlaridan biri taqdim etilishi mumkin:

  • mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;
  • bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta     qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
  • ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Kreditning miqdori eng kam ish haqining 100 baravaridan ko‘p bo‘lganda, kredit ta’minoti  sifatida mol-mulk garovi rasmiylashtirilishi lozim.


Ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas



Kredit olish uchun onlayn ariza (test rejimida)

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Кредит олиш тартиби

Кредит олиш учун ўзингиз учун қулай банк филиалларидан бирига мурожаат қилинг. Саволлар бўйича қуйидаги рақамга қўнғироқ қилинг:

+99871-200-43-43

Mobil banking

Interaktiv xizmat turi orqali mijozlar o'z hisob-raqamlarini mobil aloqa vositalariga o'rnatilgan maxsus dasturiy ta'minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin.