Kommunal to’lovlarni qabul qilish


“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB aholidan kommunal va boshqa xizmat turlarini toʻlash uchun toʻlovlarni qabul qiladi. Toʻlovlar bank filiallarida, masofadan turib oʻz oʻziga xizmat koʻrsatadigan infokiosiklar va Joyda mobil ilovasi orqali qabul qilinadi.


Bankning jamgʻarma, maxsus va sayyor kassalari aholidan davlat , tijorat korxonalari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari,muassasalar,tashkilotlar foydasiga barcha turdagi toʻlovlarni va davlat byudjeti foydasiga toʻlovlarni qabul qiladi.


Ushbu operatsiyalar naqd pul va naqdsiz hisob-kitoblar tartibida omonatlar va plastik kartochkalar boʻyicha hisob raqamlardan summalarni yechish toʻgʻrisidagi mijozlar topshirigʻiga koʻra kompyuter,terminal va maxsus printerlar orqali amalga oshiriladi.


Kommunal to‘lovlar tariflari bo‘yicha ma’lumot


Elektr energiya
Hisoblagich bo‘yicha   -  295 so‘m
Gaz
Hisoblagich bo‘yicha  -  380 so‘m
Hisoblagichsiz  1 kishiga  -  7 260 so‘m
Sovuq suv
Hisoblagich bo‘yicha  - 1 110 so‘m (markazlashgan issiq suv ta’minotiga ega uylar uchun)
Hisoblagichsiz  1 kishiga - 12 697 so‘m 44 tiyin
Issiq suv va isitish tizimi
Hisoblagich bo‘yicha  -  5 242 so‘m
Hisoblagichsiz 1 kishiga  - 30 705 so‘m
Isitishga -1 772 so‘m
Maishiy chiqindi
1 kishi uchun - 4500  so‘m

Oxirgi yangilanish sanasi: 05.11.2020 15:16

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda