“O‘zbekiston ekspres” milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari tizimi

“O‘zbekiston Ekspress” - bu “O‘zsanoatqurilishbank” ATB filiallari o‘rtasidagi milliy valyutadagi pul o‘tkazmalari tizimi bo‘lib, aholi tomonidan bankning bir filialiga topshirilgan pul mablag‘ini boshqa filialidan qisqa vaqt davomida olish imkoni beradi. Mazkur xizmatdan foydalanishda mijozlarga hisobvaraq ochilmaydi. Ushbu xizmat turi uchun Bank Boshqaruvi tomonidan tasdiqlangan tarifga asosan xizmat haqi undiriladi. Bugungi kunda bank xizmat haqi jo‘natma summasining 0,5% miqdori etib belgilangan.

Pul jo‘natmasini yuboruvchi yozma arizasi asosida jo‘natmani bekor qilish huquqiga ega. Bunday hollarda ko‘rsatilgan xizmat uchun olingan xizmat haqi qaytarib berilmaydi.


Oxirgi yangilanish sanasi: 30.04.2019 19:52

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda