Esdalik tangalar

Aholining investitsiya va jamg‘arish imkoniyatlarini kengaytirish, mamlakatda qimmatbaho metallar bozori faoliyatini rivojlantirish maqsadida hamda jahon tajribasi va amaliyotidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarini muomalaga chiqardi.

Sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat.

Mazkur esdalik tangalar ularning texnik xususiyatlarini tasdiqlovchi asillik sertifikatlari bilan sotuvga chiqarilgan. Tangalar “PROOF” sifatiga muvofiq tayyorlangan.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi. 2020 yil 1 iyul holatiga ko'ra esdalik tangalarining sotuv narxlari quyidagilarni tashkil etadi.


Oltin tanga

Kumush tanga

18 500 000 so’m

363 000 so’m


2018 yil 28 noyabrdan boshlab esdalik tangalarini bankimizning quyidagi filiallaridan naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin (bank filiallari ro‘yxati manzillari ilova qilinadi).


Mintaqa

Filial nomi

Manzili

Telefon raqami

01.07.2020 yil holatiga tangalar qoldig‘i (dona)

oltin

kumush

1

Toshkent shahri

Yashnobod

Toshkent shahri, 100015, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 69-uy

71 2896327
71 2896960

0

0

2

Sirdaryo

Sirdaryo mintaqaviy

Guliston shahri, 120100, Alisher Navoiy ko‘chasi, 48-uy

67 2250740

0

0

3

Samarqand

Samarqand mintaqaviy

Samarqand shahri, 140105, Mirzo Bobur ko‘chasi, 3-uy

66 2336462

0

0


Oxirgi yangilanish sanasi: 04.07.2020 11:10

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda