Yangi uyga IPOTEKA

Orzuingizdagi uyni biz bilan harid qiling.

Kredit shartlari

Qishloq joylarida

Shaharlarda

Toshkent shahrida

Kredit maqsadi

Yangi uy-joy1 sotib olish uchun

Kredit maksimal miqdori

2 xonali kvartira uchun - 240 mln.so’m ;

264 mln.so’m (2 xonali)

3 va undan ko‘p xonali kvartiralar uchun - 320 mln.so’m

352 mln.so’m(ko‘p xonali)

Kredit muddati

20 yil , annuitet toʼlovi usulida2 (imtiyozli davrsiz)

Kreditning yillik foiz stavkasi3

19 %

20 %

Boshlang'ich to'lovi

10 %

20 %


1  Birlamchi bozordan foydalanishga topshirilganiga ikki yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobida bo’lgan ko’p kvartirali uydagi 2 va undan ko‘p xonali kvartira.

2  Kredit bo’yicha foizlar har kuni, kredit qoldig’iga nisbatan hisoblab boriladi. Qo'shimcha to'lovlarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud.

3  O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, kredit bo‘yicha foizlar mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa o‘zgarishsiz qoladi.



Qarz oluvchilarga qo’yiladigan talablar

  • Ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 50 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi;

  • Qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchining barcha kredit, mikroqarz va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmagan shaxs;

  • Ipoteka kreditini ajratishni ko‘rib chiqish vaqtida avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lmagan shaxs.


Taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxati

  • Kredit rasmiylashtirish uchun ariza;

  • Qarz oluvchining (birgalikda qarz oluvchining) pasporti;

  • Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) tomonidan oxirgi 12 oy mobaynidagi (kamida 10 oy uchun) olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari;

  • Pudrat tashkiloti bilan tuzilgan uy-joy sotib olish bo‘yicha shartnoma (uy-joyni foydalanishga topshirish bo’yicha hokim qarori nusxasi ilova qilingan holda).


Qarz oluvchi kredit olish jarayonida amalga oshiradigan xarajatlar

  • Kvartiraning notarial tartibda oldi-sotdi xarajatlar;

  • Kvartiraning kadastr hujjatlarini tayyorlash va sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlar.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

Oxirgi yangilanish sanasi: 18.05.2020 11:21

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.