Ta'lim kreditlari

Bank filiallari tomonidan ta’lim kreditlari O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga beriladi.


Ta’lim kreditlari, oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hisobga olingan holda, bakalavriatga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 10 yilgacha, magistraturaga o‘qishga qabul qilingan talabalarga 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.


Foiz stavkasi — Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.

Kredit ta’minoti —  mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi, bankning kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi, kreditni qaytara olmasligi xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Imtiyozli shartlari — ta’lim kreditlari chin yetimlarga, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlarga hamda bolalikdan I va II guruh nogironlariga — nol foiz stavkasi (foizsiz kredit) beriladi;
kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan talabalar uchun kredit bo‘yicha qo‘shilgan foizlarning 50 foizi tuman Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘laridan to‘lanadi.

Ta’lim kreditini berish tartibi:
Ta’lim kreditlari bo‘yicha mablag‘lar kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda har yarim yilda o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini ikki teng qismga bo‘lish yo‘li bilan o‘tkaziladi. Bunda yangidan qabul qilingan talabalar uchun birinchi yarim yillikda o‘qiganlik uchun boshlang‘ich to‘lov joriy yilning 1 oktyabrigacha, ikkinchi yarim yillik uchun — navbatdagi kalendar yilning 15 martigacha to‘lanadi.

O‘qishning ikkinchi yilidan boshlab kredit hisobiga to‘lovlar har yarim yillik birinchi oyi (sentyabr va mart)ning 5-kunidan kechiktirilmay to‘lanadi.

Ta`lim kreditini olish uchun bankka quyidagi xujjatlar taqdim qilanadi:

  • Ta`lim krediti olish uchun ariza
  • Pasport nusxasi
  • To`lov kontrakt shartnomasi
  • Yashash joyi to`g`risida berilgan ma`lumotnoma
  • Kreditni qaytarishni ta`minlash to`g`risida ta`minot xujjatlari.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.