Overdraft kredit

“Overdraft kredit” bank tomonidan ish haqi va pensiya hisob-kitobi
uchun emissiya qilingan Bank plastik kartochkasiga pul o‘tkazish
yo‘li bilan bank mijozlariga ajratiladi.

Buyurtma qoldirish

“Overdraft kredit” bank tomonidan ish haqi va pensiya hisob-kitobi uchun emissiya qilingan Bank plastik kartochkasiga pul o‘tkazish yo‘li bilan bank mijozlariga ajratiladi. Bunda, mijozning so‘roviga asosan “UzPSB Mobile” ilovasi orqali kredit beriladi va erkin foydalaniladi.


Asosiy shartlar:

  • bank plastik kartasiga oxirgi o‘n ikki oy davomida faqat ish haqi va unga tenglashtirilgan tushumlarni o‘rtacha uch oylik miqdorida (lekin amaldagi eng kam ish haqining yuz barobaridan oshmagan miqdorda) kredit liniyasi ochish yo‘li bilan beriladi
  • kredit foizi - yillik 28%
  • kreditdan foydalanish muddati 12 oy, bunda kreditning oxirgi 4 oyi kreditning maksimal miqdoridan 25 foiz kamaytirilib boriladi hamda oxirgi oyi (12-oy) kredit ajratilmaydi
  • mijozning plastik kartasiga ish haqi va pensiya to‘lovlari kirim qilinishi bilan olingan kredit qarzdorliklarini so‘ndirish uchun mablag‘lar aktseptsiz chiqim qilinadi va to‘langan kredit doirasida qo‘shimcha ravishda kredit olish imkoniyati paydo bo‘ladi

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Qarz oluvchi pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
  • Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), yakka tartibdagi jamg‘arma pensiya hisob raqami ko‘rsatilishi kerak)
  • Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.

Bank filiali zarur hollarda qarz oluvchidan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.



Quyidagi kredit ta’minot turlaridan biri taqdim etilishi mumkin:

  • mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi
  • bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati
  • uchinchi shaxs kafilligi
  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi
  • ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari

Ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.