Mikroqarzlar

Barcha ehtiyojlaringiz uchun qulay kreditlar

Buyurtma qoldirish

Bank tomonidan mikroqarzlar eng kam ish haqining 100 baravari miqdoridan oshmaydigan summada to‘lovlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik va qaytarish shartlari asosida beriladi.


Mikroqarlar quydagi shartlarda beriladi:

Mikroqarz turi

Kredit miqdori*

Yillik foiz stavkasi

Kredit muddati

Qo‘shimcha shartlar

“Universal” nomli qisqa muddatli mikroqarz

EKOIHning 100 baravari miqdorigacha

30 foiz

12 oygacha

Qarz oluvchning Bankda emissiya qilingan kartasiga o‘tkaziladi

* Mikroqarz olganda siz 3 oydan oshmagan imtiyozli muddatdan foydalanishingiz mumkin

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Buyurtma (ariza);
  • Qarz oluvchi pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
  • Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), yakka tartibdagi jamg‘arma pensiya hisob raqami ko‘rsatilishi kerak)
  • Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.

Bank filiali zarur hollarda qarz oluvchidan qonun hujjatlari bilan ta’qiqlanmagan qo’shimcha hujjatlarni talab qilishi mumkin.


Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash maqsadida mikroqarz summasining 125 foizidan kam bo’lmagan miqdorda quyidagi ta’minot turlaridan biri taqdim etiladi:

  • mol-mulk va qimmatli qog’ozlar garovi;
  • bank yoki sug’urta tashkilotining kafolati;
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug’urta qilinganligi to’g’risidagi sug’urta polisi;
  • ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.