Kredit karta

“Kredit Karta” egasi belgilangan limit doirasida 

istalgan savdo shaxobchasidan to'lovlarni amalga oshiradi 

yoki bankomatlardan naqd pul echishi mumkin.

Buyurtma qoldirish

“Kredit Karta” egasi belgilangan limit doirasida istalgan savdo shaxobchasidan to'lovlarni amalga oshiradi yoki bankomatlardan naqd pul echishi mumkin.


Asosiy shartlar:

  • Kredit foizi - 28%;
  • Kredit muddati - 12 oy (revolver);
  • Kredit miqdori - EKOIHning 100 baravari miqdorida;
  • Kredit ta'minoti - jismoniy shaxs kafilligi va boshqalar.

Kredit ajratish tartibi:

Jismoniy shaxs o'rtacha oylik ish haqining 3 baravari miqdorida belgilanadi.

Kredit ajratilishida qarz oluvchiga UZCARD tizimida ishlovchi yangi plastik karta taqdim etiladi.


Kreditni so'ndirish tartibi:

Mijozning oylik ish haqi kartasiga mablag'lar kirim qilinganda, “Kredit Karta”dagi qarzdorlik avtomat ravishda so'ndiriladi va “Kredit Karta”dagi limit miqdori mutanosib ravishda oshadi. Kredit muddatining oxirgi 4 oyi davomida mijozning kreditlash limiti miqdori 25%dan kamayib boradi va oxirgi 12-oyda kredit ajratilmaydi.


Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Qarz oluvchi pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
  • Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot (soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR), yakka tartibdagi jamg‘arma pensiya hisob raqami ko‘rsatilishi kerak)
  • Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.