Tayyor uyga ipoteka

Kredit maqsadi:

Yashash uchun uy-joy sotib olish

Kredit miqdori:

323 mln. so'm gacha

Kredit muddati:

20 yil , annuitet toʼlovi usulida1

Kredit foiz stavkasi:

18 %

Boshlang'ich to'lov:

25 %

1 Imtiyozli davrsiz. Kredit bo’yicha foizlar har kuni, kredit qoldig’iga nisbatan hisoblab boriladi. Qo'shimcha to'lovlarsiz muddatidan oldin so’ndirish imkoniyati mavjud.


Qarz oluvchiga qo’yiladigan talablar

  • kredit olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga to‘lgan va 60 yoshdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi rezidenti;

  • turmush o'rtog'i har doim birgalikda qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. Shuningdek, birgalikda istiqomat qiluvchi va umumiy xo’jalik yurituvchi jismoniy shaxslar birgalikda qarz oluvchi bo’lishi mumkin;

  • qarz yuki ko‘rsatkichi, ya’ni qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchining barcha kredit va kafilliklari bo‘yicha o‘rtacha oylik to‘lovlari miqdorining o‘rtacha oylik daromadiga nisbati 70 foizdan yuqori bo‘lmasligi;

  • ko'rib chiqilayotgan murojaat bo'yicha oylik to'lovning oilaviy daromadiga nisbati 50% dan oshmasligi;

  • oilaviy o’rtacha oylik daromad 10,0 mln. so'mdan oshmasligi;

  • qarz oluvchi xodim yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida kamida 6 oy davomida doimiy daromad ega ekanligi;

  • qarz oluvchi va turmush o'rtog'ida ipoteka krediti mavjud emasligi;

  • avvalgi olingan kreditlar va boshqa majburiyatlar bo'yicha muddati o'tgan qarzdorligi mavjud bo’lmasligi hamda oxirgi 12 oy ichida 30 kundan ortiq muddatda to'lanmagan qarzdorlikka yo’l qo’ymaganligi.


Tayyor uyga ipoteka krediti shartnomasi(.pdf)Yuklab olish

Qarz oluvchi / birgalikda qarz oluvchidan qabul qilinadigan hujjatlar ro'yxati

  • pasport;

  • oxirgi 12 oy davomidagi olgan daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

  • uy-joy oldi sotdi shartnomasi;

  • uy-joy bozor bahosi to’g’risida mustaqil baholovchi tashkilot hisoboti


Qo’shimcha xarajatlari

  • uy-joyning notarial tartibda oldi-sotdi va garovga olish bilan bog’liq xarajatlari;

  • uy-joyning kadastr hujjatlarini tayyorlash va sug‘urta qilish bo‘yicha xarajatlari.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va ommaviy oferta emas




Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

Oxirgi yangilanish sanasi: 16.11.2020 16:03

JOYDA - mobil ilovasi

Onlayn bank va muddatli to'lovga maxsulotlar do'koni sizning telefoningizda