Har bir oila - tadbirkor

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2018 yil 9 iyunda ro‘yxatga olingan ““Har bir oila - tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar ajratish tartibi to‘g‘risida”gi 3022-sonli Nizomga asosan imtiyozli kreditlar qarz oluvchilarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladi.  
Kreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
Foiz stavkasi - yillik 8 foiz.
Kredit muddati - 3 yilgacha.
Imtiyozli davr - 6 oygacha .
Jismoniy shaxslarga - oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun eng kam oylik ish haqining 150 baravarigacha:
202 730 so‘m * 150 = 30 409 500 so‘m

Davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik sub'yektlariga - eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda;
202 730 so‘m * 1000 = 202 730 000 so‘m

Tuman va shaharlarda samaradorligi yuqori va barqaror ish o‘rinlari yaratish imkoniyati mavjud loyihalarga (bundan buyon matnda samarali loyihalar deb yuritiladi) dastur doirasidagi resurslar hisobidan eng kam ish haqining 1000 baravaridan ortiq miqdorda yillik 8 foiz stavkada imtiyozli kredit ajratilishi mumkin. Tijorat banki dastur koordinatorlarining samarali loyihani imtiyozli kreditlashga bergan xulosasiga muvofiq bankning ichki kredit siyosati asosida kredit ajratish masalasini ko‘rib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi.

Kreditlar quyidagi maqsadlardan tashqari boshqa barcha yo‘nalishlarga ajratiladi:
  • ilgari olingan kreditlar yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
  • alkogol va tamaki mahsulotlarni ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilikni amalga oshirish;
  • umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini shakllantirish;
  • ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish;
  • ma’muriy harajatlarni to‘lash, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov.
Kredit olish uchun jismoniy shaxslar tomonidan bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
  • Ariza;
  • Pasport nuxsasi;
  • Jismoniy shaxslarga kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar rahbari va mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun beriladigan imtiyozli kreditlash bo‘yicha tavsiyanoma.
Bunda tijorat banklari kreditning qaytmaslik xatarini sug‘urtalaydi.

Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik sub'yektlari kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
  • ariza;
  • biznes-reja,
  • tegishli davlat soliq inspektsiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno. 


Qarz oluvchi — kichik tadbirkorlik sub'yektlari kredit qaytarilishining ta’minoti sifatida bankka quyidagi ta’minot turlaridan birini taqdim etadi:
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • sug‘urta polislari; 
  • kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar;
  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) kafilligi;
  • qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.