Avtokredit

O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan avtomobillarini xarid qilish uchun jismoniy shaxslarga beriladigan iste’mol krediti.

Buyurtma qoldirish

Avtokredit – O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va rasmiy dilerlar tarmog’i orqali realizasiya qilinadigan avtomobillarini xarid qilish uchun jismoniy shaxs - rezidentlarga beriladigan iste’mol krediti.

Avtomobil sotob olish uchun kredit avtomobil qiymatining ko'pi bilan 75 foizigacha ajratiladi (qolgan mablag'lar qarz oluvchining o'z mablag'lari hisobidan to'lanadi).

Avtokredit quydagi shartlarda beriladi:

Kredit muddati 

 Kredit miqdori

Yillik foiz stavkasi 

12 oygacha

334,5 mln. so`mgacha

28 foiz

24 oygacha

30 foiz

36 oygacha

31,9 foiz

Kredit olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  • Qarz oluvchi pasporti yoki pasport o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
  • Qarz oluvchining oxirgi 12 oy mobaynidagi daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumot
  • Qarz oluvchi va iste’mol tovar ishlab chiqaruvchi, sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘rtasida tuzilgan shartnoma;
  • Ta’minotga oid tegishli hujjatlar.

Quyidagi kredit ta’minot turlaridan biri taqdim etilishi mumkin:

  • mol-mulk va qimmatli qog‘ozlar garovi;
  • bank yoki sug‘urta tashkilotining kafolati;
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining bank foydasiga sug‘urta     qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi;
  • ta’minotning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa turlari.

Kreditning miqdori eng kam ish haqining 100 baravaridan ko‘p bo‘lganda, kredit ta’minoti  sifatida mol-mulk garovi rasmiylashtirilishi lozim.


Ta’minot miqdori kredit summasining 125 foizidan kam bo‘lmasligi lozim.

Kredit kalkulyatori faqatgina axborot olish xususiyatiga ega va publik oferta emas




Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

Kredit olish tartibi

Kredit olish uchun o‘zingiz uchun qulay bank filiallaridan biriga murojaat qiling. Savollar bo‘yicha quyidagi raqamga qo‘ng‘iroq qiling:

+99871-200-43-43

Oxirgi yangilanish sanasi: 30.03.2020 12:30

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.