Maslahatga buyurtma bering
Visa Gold

Premial toifadagi eksklyuziv to‘lov instrumenti. Xizmat va sayohat yuzasidan tez-tez chet el safarlariga chiquvchi va xalqaro miqyosda yuqori darajadagi xizmatlardan foydalanishni ma‘qul ko‘ruvchi insonlar uchun mo‘ljallangan.

Kartaga buyutma berish

Visa Gold kartasining afzalliklari


Yuqori xavfsizlik va nazorat darajasi

Har qanday Visa bankomatida, jumladan, xorijda naqd pul yechish imkoniyati

Dunyo bo‘ylab do‘kon, restoran va ko‘ngilochar markazlarda alohida xizmat ko‘rsatilishi, chegirmalar va sovg‘alar

Mijozlarni sayohatlar davomida favqulodda vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlash

Internetda karta bilan to‘lash imkoniyati

Karta narxiKartani qayta chiqarishBoshlang‘ich badal
55 000 so'm55 000 / 60 000 so'm$ 500
Zarur hujjatlarKamaytirib bo‘lmaydigan qoldiq
Ariza, Pasport, STIR (INN)$ 50

Premial toifadagi eksklyuziv to‘lov instrumenti. Tez-tez chet el safarlariga chiquvchi va xalqaro miqyosda yuqori darajadagi xizmatlardan foydalanish istagidagi mijozlar uchun mo‘ljallangan. 

Visa Gold kartasidan chet elda foydalanilganda, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish muassasalarida yirik miqdorda chegirmalar taqdim etiladi, zarurat bo‘lganda tibbiy va yuridik yordam ko‘rsatiladi. Ushbu karta turi afzalliklari va maxsus takliflar haqida quyidagi manzil orqali tanishish mumkin: https://www.visa.com.ru/pay-with-visa/cards/premium/visa-gold.html

Karta savdo va servis nuqtalarida tovarlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz to‘lovni amalga oshirish hamda butun dunyo banklarining bankomatlari va bo‘limlarida Visa to‘lov tizimi ishtirokchilari karta hisob raqamidan naqd pul mablag‘larini olish uchun qo‘llaniladi.

  • “Elektron xabar berish” xizmati (SMS Banking, E-mail, «Uy banking») - 10 000 so‘m
  • STOP LIST dan olib tashlash - 10 000 so'm
  • Kartani blokdan chiqarish, bunda karta PIN-kodi to‘g‘ri yuritilishi zarur - 10 000 so‘m
  • Hisob bo‘yicha qoldiqqa foizlar (yillik) hisoblash - 0%
  • Tashqari banklarning savdo va servis korxonalarida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish (ekvayer bankning komissiyalarini hisobga olmagan holda) - 0,5% + 1 AQSh dollari, konversion karta bo‘yicha 1,0% + 0,5 AQSh dollari.
  • Kartalaringizning tarixini, ulardagi pul tushumlarini va chiqimlaringizni nazorat qilish uchun Uy bank xizmatidan foydalaning.

Bank kartasini olish uchun onlayn ariza (test rejimida)

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.