Statistik ma'lumotlar

2018 yil 1 dekabr holatiga O‘zsanoatqurilishbank ATB jami kapitali tarkibida 67,4%ni ustav kapitali tashkil qilgan bo‘lib, 27,9% zahira kapitali va 4,7 % taqsimlanmagan foydadan iborat.

So‘nggi 5 yilda bank kapitali barqaror ravishda o‘sib keldi va 01.12.2018y. holatiga jami 2,6 trln.so‘mdan ortdi. 2018 yilda 300 mlrd.so‘mlik aktsiyalarni sotilishi natijasida jami kapital 358 mlrd.so‘mga o‘sdi.

O‘zsanoatqurilishbank ATB kredit qo‘yilmalari tarkibida yillar davomida eng katta qismini uzoq muddatli kreditlar tashkil qilishini qayd etish lozim. Qisqa muddatli kreditlarning umumiy kredit portfelidagi ulushi so‘nggi yillarda kamayish tendentsiyasiga ega bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda 4 barobarga ortdi.

So‘nggi 5 yilda bank kredit qo‘yilmalari barqaror sur’atlarda o‘sib keldi va 01.12.2018 y. holatiga 26,5 trln. so‘mga yetdi. Investitsion kreditlarning bank kredit portfelidagi ulushi har yili 80% atrofida bo‘lib, 2014 yilga nisbatan ular xajmi 4 barobarga o‘sdi va 20,9 trln.so‘mni tashkil qildi.

Ko‘rsatkichlar mlrd. so‘m %
Jami aktivlar, shundan: 29454,5
100%
Kassadagi naqd pullar 361,5
1,2%
Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi mablag‘lar 2032,9
6,9%
Kredit qo‘yilmalari va lizing xizmatlari 25446,3
86,4%
Investitsiyalar 13,7
0,05%
Hisoblangan foizli va foizsiz daromadlar 1022,7
3,5%
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 156,5
0.5%
Sotish maqsadida olingan mol-mulklar 28,8
0.1%
Boshqa aktivlar 392,1
1.3%

2018 yil 1 dekabr holatiga bank aktivlarining 93% kredit qo‘yilmalari, Markaziy bank va boshqa banklardagi mablag‘lardan iborat. Bankning 29,4 trln. so‘mlik aktivlarini 86 foizi kredit qo‘yilmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan.

Resurs bazasini muddatli mablag‘lar hisobiga shakllantirish maqsadida, bank tomonidan muntazam ravishda obligatsiya va depozit sertifikat shaklidagi qimmatli qog‘ozlar muomalaga chiqarilib, joylashtirilmoqda. 2018 yil 1 dekabr holatiga shu yo‘l bilan jalb qilingan mablag‘lar 31,5 mlrd.so‘mni tashkil qildi.

Bank tomonidan aholiga ajratilgan kreditlar hajmi 2014 yildan buyon 8 barobarga ortdi va 1,5 trln. so‘mni tashkil qildi. Mazkur kreditlarning kredit portfelidagi ulushi 2018 yil 1 dekabr holatiga 6%dan iborat bo‘ldi.

Bankning depozit bazasi 2014 yildan buyon 2,5 barobarga ortib, 4,4 trln.so‘mga yetdi. Shundan 1 trln.so‘mi aholi omonatlari va 3,4 trln.so‘mi xo‘jalik sub'yektlari depozitlariga to‘g‘ri keladi.

Bank so‘nggi yillarda kapital yetarliligi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishib kelmoqda. Bu o‘z navbatida bankning moliyaviy barqarorligidan dalolat beradi. 2018 yil 1 dekabr holatiga kapitalning yetarliligi ko‘rsatkichi 12,8%ni, 1-darajali kapitalni yetarliligi ko‘rsatkichi 12,3%ni va leveraj ko‘rsatkichi 6,9%ni tashkil qildi.

Bankning so‘nggi yillardagi joriy likvidligi ko‘rsatkichini tahlilidan ko‘rish mumkinki, ushbu ko‘rsatkich o‘rtacha 87%ni tashkil qildi. 2019 yil 1 dekabr holatiga joriy likvidlik ko‘rsatkichi 83%ga yetdi.

2014-2018 yillarda bank mijozlari soni muntazam ravishda o‘sib, 2018 yil noyabr oyida 888,1 ming donaga yetdi. Jumladan, bankda xizmat ko‘rsatilayotgan xususiy tadbirkorlar, qo‘shma korxonalar va boshqa mijozlar soni 2014 yilga nisbatan 7 ming donaga ko‘paydi.

O‘zsanoatqurilishbank tarkibiy bo‘linmalari soni 01.12.2018 holatiga ko‘ra 494 tani tashkil qilib undan 45 tasi filiallar tarmog‘i, 42 ta mini bank, 124 ta to‘lov shahobchasi, 45 ta jamg‘arma kassa, 43 ta sayyor kassa, 79 ta xalqaro pul o‘tkazmalari shahobchasi, 73 ta valyuta ayirboshlash shahobchasi, 43 ta maxsus kassalardan iborat.



"Ahbor-Reyting" reyting-agentligi “Barqaror” prognozi bilan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kredit reytingini “uzA + ” darajasida tasdiqlaydi.

 

Ko‘rib chiqilayotgan davr ichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning ko‘rsatkichlari etarli darajada salmoqli o‘sishi kuzatilmoqda.

Shunday qilib, 2018 yilning 11 oyi davomida bank aktivlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1.15 barobar ko‘payib, 29.4 trillion so‘mga etdi (2017 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra 25,5 trillion so‘m).

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kredit portfeli o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobar o‘sib 26,5 trillion so‘mni yoki bankning jami aktivlarning  86% tashkil etdi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning likvid pozitsiyasi yuqori darajada baholanmoqda.

Shunday qilib, 2018 yilning 11 oyi yakunlariga ko‘ra bankning likvidli aktivlari joriy yil boshiga nisbatan kamayib, 3.2 trillion so‘mni yoki “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning jami aktivlarning  7,5%ni tashkil etdi.

Shunga qaramasdan, ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida likvidlikni qoplash koeffitsienti 141%ni, joriy likvidlik darajasi 83%ni tashkil etdi.

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB resurs bazasining asosiy manbasi - mijozlarning mablag‘lari hisoblanib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,3 barobarga ortib, 2018 yil 11 oyi yakunlari bo‘yicha 4,4 trillion so‘mni yoki bankning barcha majburiyatlarini 16.5%ni tashkil etadi.

Shu bilan birga, 2018 yil 1 dekabr holatiga bankning kredit portfelini muddatli resurs bazasiga nisbati 111%ni tashkil etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davr mobaynida “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning kapitallashuvi maqbul darajada baholanmoqda.

Shu bilan birga, bankning umumiy kapitali o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 barobarga ortib, 2.6 trillion so‘mni tashkil etdi (2017 yil 1 dekabrda 2.1 trillion so‘m).

2018 yil 11 oyi natijalariga ko‘ra, “O‘zsanoatqurilishbank” ATBda kapitalning etarlilik ko‘rsatkichi 12,8%ni (minimal me’yori 12.5%), 1-darajali kapitalining etarlilik darajasi 12,3%ni tashkil etdi (minimal me’yori 9,5%).

Bundan tashqari, ko‘rib chiqilayotgan davrda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning leveraj ko‘rsatkichi 6.9%ni tashkil etdi (minimal me’yori 6%).


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.