Shakl:Shrift o'lchami:

Bank tarixi

Как вы оцениваете новый сайт нашего банка ?
2019

Xalqaro nufuzli reyting kompaniyalaridan biri - Fitch Ratings “O’zsanoatqurilishbank” kredit reytingini «B+»dan «BB-»ga oshirib, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi.

2018

2018 yilda“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan rebrending ishlari amalga oshirildi. Yangi brend bank logotipi o‘zgarishi bilan birgalikda biznes jarayonlar, xizmatlar sifati va mahsulot turlarining ham takomillashuvini anglatadi.
Rebrending: “Sanoatqurilishbank” — takomillashuv sari katta qadam

2017

2017 yilning noyabr oyida Bankning Jizzah shahrida yangi “Jizzax mintaqaviy filiali” ishga tushdi.

2014

2013 yil yakunlari bo‘yicha aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra bankning yuridik nomi o‘zgartirildi.  Bankning yangi nomlanishi quyidagicha: "O‘zbekiston sanoat-qurilish banki" Aksiyadorlik Tijorat Banki​

2009

2008 yil yakunlari bo'yicha aktsiyadorlar umumiy yig'ilishi qaroriga ko'ra bankning yuridik nomi o'zgartirildi. Bankning yangi nomlanishi quyidagicha: "O'zbekiston sanoat-qurilish banki" Ochiq Aksiyadorlik Tijorat Banki

2008

2008 yil yakunlari bo'yicha "FITCH RATINGS" halqaro reyting agentligi tomonidan O'ZSANOATQURILISHBANK ka B- barqaror bahosi berildi.

2006

2006 yil yanvar oyida O’zsanoatqurilishbankni unga «O’zprivatbank» O’zbek xalqaro banki birlashtirish shaklida qayta tashkil etish to’g’risidagi qaror qabul qilindi.

2004

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 sentyabrdagi «Plastik kartochkalar asosida hisob-kitoblar tizimini kelgusida rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 445-sonli qarorini bajarish maqsadida bank o’zining to’lov tizimini takomillashtirib bormoqda, respublika tashkilotlarida oylik maosh loyihalarini joriy etmoqda. Bank 2004 yilda respublikada birinchi bo’lib o’z dizayniga ega bo’lgan Visa Electron va Visa Classic xalqaro to’lov chipli kartochkalari chiqarish va ularga xizmat ko’rsatishga kirishdi.

2002

2002 yil aprel oyida qabul qilingan «Banklarda aholi omonatlarini himoya qilish kafolatlari to’g’risida»gi qonunini bajarish maqsadida tashkil etilgan O’zbekiston Respublikasi banklarida aholi omonatlarini kafolatlash fondi O’zsanoatqurilishbank omonatlarini ishonchli himoya qiladi. Bank muntazam muddatli yangi omonatlar chiqarib, amalga joriy etdi, ular o’zining jozibadorligi va yuqori daromadliligi bilan aholida o’z jamg’armalarini bankda saqlash ishtiyoqini uyg’otdi.

2001

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 avgustdagi 349-sonli «Iqtisodiyotni kreditlash mexanizmini kelgusida takomillashtirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga muvofiq amalga oshirilayotgan bankning pul-kredit siyosati respublikada iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishiga ko’maklashdi va eksportga mo’ljallangan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishini qo’llab-quvvatladi.

2000

Bankning butun faoliyati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yil 21 martdagi «Bank tizimini kelgusida erkinlashtirish va islo. Etish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonida belgilangan bozor islohotlari jarayonini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish bo’yicha ustuvor yo’nalishlarni amalga oshirishga qaratildi.

1998

1998 yilda O’zsanoatqurilishbank faoliyati Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi va oila manfaatlarini amalga oshirishni ta’minlash Davlat dasturi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikni mustahkamlash bo’yicha tadbirlarni amalga oshirishga yo’naltirildi.

1996

1996 yil 25 aprelda O’zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi Qonuni chiqdi, u bank faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Shu yili qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 230-sonli «Pul mablag’lari emissiyasini qisqartirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qaroriga binoan bank muassasalari zimmasiga mulkchilikning barcha shakllaridagi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda kassa operatsiyalari o’tkazishning belgilangan talablariga rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatildi.

1991

Mustaqillik e’lon qilingach, mamlakatda sifat jihatdan yangi, ikki tabaqali bank tizimi shakllana boshladi. Ta’sis konferentsiyasida O’zsanoatqurilishbank aktsiyadorlik-tijorat bankiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining etakchi sanoat korxonalari va pudratchi tashkilotlari uning ta’sischilari bo’ldilar.

1987

1987 yilda Qurilishbank Sanoat-qurilish bankiga aylantirildi. Shu yilning o’zida bank tizimini isloh qilish boshlanib, mustaqil O’zbekiston davlati e’lon qilingach o’zining sifat jihatdan yangi xususiyatini kasb etdi.

1959

Davlat tomonidan kapital qo’yilmalarga yo’naltirila yotgan mablag’larning to’g’ri sarflanayotgani ustidan moliyaviy nazoratni kuchaytirish maqsadida 1959 yilda Sanoatbank kapital qo’yilmalarni moliyalash Banki — Qurilishbank deb o’zgartirildi. 1966 yildagi er qimirlashidan so’ng Toshkent shahrini qayta tiklashda bankning roli beqiyos bo’ldi.

1955

1955 yilda kapital qurilishni moliyalashning yangi Qoidalari va qurilish bo’yicha pudrat shartnomalari to’g’risidagi Qoidalar tasdiqlandi. Bank ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlarning ishga tushirilishi bo’yicha davlat rejalarining bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirdi. Tayyor ob’ektlar bo’yicha hisob-kitoblar kengaytirildi, pudratchi tashkilotlarni qisqa muddatli kreditlash tizimi o’zgartirildi.

1932

Kapital qo’yilmalari hajmining o’sishi va xizmat ko’rsatish uchun pudratchi tashkilotlar hisobraqamlarining Sanoatbankiga topshirilishi moliyalash tizimida o’zgartirishlarni talab etdi. 1932 yil may oyida Sanoatbank uzoq muddatli qo’yilmalarga ixtisoslashtirilgan bankka aylantirilib, uning zimmasiga kapital qurilish, og’ir, engil, mahalliy sanoat, ta’minot tashkilotlari, tashqi savdoni moliyalash yuklatildi.

1922

O’zsanoatqurilishbank tarixi 1922 yildan boshlab Toshkentda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilishidan boshlangan bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan chambarchas bog’liq.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.