Bank Boshqaruvi

Boshqaruv to‘g‘risidagi Nizom (.pdf)Yuklab olish
Jismoniy va yuridik shaxslarning qabul qilish vaqti (.jpg)Yuklab olish


Bank Boshqaruvi



VOITOV Aziz Botirovich


  1. Lavozimi: Boshqaruv Raisi
  2. Qabul kunlari: Juma kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
  3. Telefon: 120-45-45
  4. E-mail: raisga.murojaat@uzpsb.uz


Voitov Aziz Botirovich 1980 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent moliya institutini “soliqlar va soliqqa tortish”, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini “biznes boshqaruvi magistri” mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda O‘zbekiston Respublikasi TIF Milliybanki Banklararo hisob-kitob markazida mutaxassis lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur markazning 2-toifali mutaxassisi, 1-toifali mutaxassisi, yetakchi mutaxassisi va bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan.

2004-2017 yillarda ushbu bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi filiali Amaliyot boshqarmasi Tashqi iqtisodiy amaliyotlar bo‘limi bosh mutaxassisi, Pul muomalasi va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar faoliyatini tahlil qilish bo‘limi bosh mutaxassisi, Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Amaliyot boshqarmasi boshlig‘i, Bosh amaliyot bo‘limi boshqaruvchisi, Bosh boshqarma boshlig‘ining Filiallar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari, Bosh boshqarma boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2017 yil dekabrdan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi vazifasini bajaruvchi, 2018 yil iyuldan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlangan.

    Bank ishiga umumiy rahbarlik qilish bilan birga Bank Boshqaruviga, Loyiha boshqaruvi va ijro nazorati departamenti, Risk menejment departamenti, Ichki nazorat departamenti, Yuridik departament, Kadrlar boshqarmasi, Birinchi bo‘lim va O‘quv markazi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi hamda Ichki audit departamenti ish faoliyatini muvofiqlashtirib turadi. 

    ANNAKLICHEV Saxi Saparmuxamedovich


    1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining birinchi o'rinbosari
    2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 8:00 dan 11:00 gacha
    3. Telefon: 120-45-82
    4. E-mail: perviyzam@uzpsb.uz


    Annaklichev Saxi Saparmuxamedovich 1975 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi,  To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan. 1996 yil Turkmaniston xalq xo‘jaligi institutini, 1999 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini,    2008 yilda Yaponiya Kobe universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.

    Mehnat faoliyatini 1996 yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Valyuta-iqtisodiyot bo‘limi yetakchi iqtisodchisi lavozimida boshlagan. Keyinchalik mazkur boshqarmaning bosh iqtisodchisi, sho‘’ba mudiri lavozimlarida ishlagan.

    2000-2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliya departamenti bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, Markaziy bank huzuridagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya sohasini rivojlantirish bo‘yicha agentligi” Jahon banki loyihasining maslahatchisi, bosh buxgalter, direktor o‘rinbosari, Markaziy bank Moliya departamenti direktori, Davlat-tijorat Xalq banki Boshqaruvi Raisi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

    2017-2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Investitsiya dasturlari shakllantirilishi va amalga oshirilishi monitoringini muvofiqlashtirish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri lavozimlarida ishlagan. 
    2018 yil fevraldan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
      Bankni strategik rivojlantirish departamenti, G‘aznachilik departamenti, Xalqaro moliya institutlari va banklar bilan ishlash departamenti, Jahon bozorlari va investitsiyalar tahlili departamenti hamda Aktiv va passivlarni boshqarish qo‘mitasiga rahbarlik qiladi.
      Bank nomidan kafolat va kafilliklarga imzo qo‘yish vakolati beriladi.

      AZIMOV Zafar Abdumajidovich


      1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
      2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
      3. Telefon: 120-45-95
      4. E-mail: info@uzpsb.uz


      Azimov Zafar Abdumajidovich 1985-yil 14-fevralda Samarqand shahrida tug’ilgan.
      2006-yilda Toshkent Moliya institutining bakalavriat bosqichini – «Bank ishi», 2008-yilda magistratura bo’limini esa «Kredit» mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.

      Mehnat faoliyatini 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish bo‘limining bosh iqtisodchisi lavozimidan boshlagan.

      2007-yildan 2019-yilning fevral oyiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi Valyuta-iqtisodiyot bo‘limining bosh iqtisodchisi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Kichik biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni muvofiqlashtirish departamenti bosh iqtisodchisi, Markaziy bank Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish boshqarmasining bosh iqtisodchisi, bo‘limi boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i, Markaziy bank Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish departamenti direktori o‘rinbosari – Tijorat banklarining investitsiyalar portfelini monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i,Markaziy bank Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini moliyalashtirish bo‘yicha tijorat banklari faoliyatini monitoring qilish departamenti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

      Azimov Zafar Abdumajidovich 2019-yilning fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
      Korporativ mijozlarni moliyalashtirish departamenti, Tashqi  iqtisodiy faoliyat departamenti, Bank investitsion faoliyatini rivojlantirish boshqarmasi faoliyatiga hamda Investitsiya qo‘mitasi ishiga rahbarlik qiladi, “PSB Capital” MChJ faoliyatini muvofiqlashtiradi.

      ERGASHEV Anvarjon Abdumajitovich


      1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
      2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
      3. Telefon: 120-45-05
      4. E-mail: info@uzpsb.uz


      Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 1973 yilda Jizzax viloyati, Zomin tumanida tug‘ilgan. 1995 yilda Toshkent moliya institutini “moliya va kredit” mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan.
      Mexnat faoliyatini 1993 yil O‘zbek aktsiyadorlik innovatsion tijorat “Ipak yo‘li” banki bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan va mazkur bankda 1998 yilgacha kredit-tijorat investitsiyalari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimigacha ishlagan. 1998-2006 yillar O‘zbek xalqaro banki “Uzprivatbank” Investitsion loyihalarni baholash, tahlil qilish va kreditlash departamenti boshlig‘i, Boshqaruvi Raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi, Boshqaruvi Raisi lavozimlarida ishlagan.


      2006-2017 yillar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB  Markaziy amaliyot mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2017-2018 yillar “O‘zsanoatqurilishbank” ATB buxgalteriya operatsiyalari nazorati  boshqarma boshlig‘i, pul muomalasi va kassa amaliyotlari departament direktori lavozimlarida mehnat faoliyatini yuritgan

                 

      Ergashev Anvarjon Abdumajitovich 2018 yil fevralidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.

        Chakana xizmatlarni rivojlantirish departamenti, Chakana kreditlash departamenti, Qurilish departamenti, Axborot texnologiyalari departamenti, Uy-joy kommunal xizmati tizimi masalalarini muvofiqlashtirish va monitoring qilish boshqarmasi va Aholi tadbirkorligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash dasturlarni muvofiqlashtirish va monitoring qilish maxsus boshqarmasi, shuningdek, Kredit qo‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi.

        ABDUROZZOKOV Yashin Mamarajabovich


        1. Lavozimi: Boshqaruv Raisining o'rinbosari
        2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 11:00 gacha
        3. Telefon: 120-45-05
        4. E-mail: info@uzpsb.uz


        Abdurozzokov Yashin Mamarajabovich 1979 yilda Surxondaryo viloyati, Uzun tumanida tug‘ilgan. 2000 yilda Termiz davlat universitetini “iqtisodiyot”, 2003 yilda Toshkent moliya institutini “buxgalteriya xisobi”, 2009 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat va jamiyat kurilishi akademiyasini “bozor iqtisodiyoti asoslari va tamoyillari” mutaxasissligi bo‘yicha tamomlagan.

         Mexnat faoliyatini 2003 yildan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida Ichki audit departamenti 1-toifali mutaxassisi lavozimidan boshlab, turli rahbarlik lavozimlarida jumladan 2012 - 2014 yillar Sirdaryo mintaqaviy filiali boshlig‘i, 2014-2018 yillar menejment xatari departamenti direktori lavozimlarida ishlagan.

        Abdurozzokov Yashin Mamarajabovich 2018 yil avgustidan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Boshqaruvi Raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
               

            Buxgalteriya hisobi  va hisoboti  departamenti, Qishloq xo‘jaligini kreditlash departamenti, Kassa operatsiyalarini muvofiqlashtirish, Xavfsizlik va axborotlarni muhofaza qilish boshqarmasi, Kreditlar monitoringi va muammoli aktivlar bilan ishlash departamenti faoliyatiga rahbarlik qiladi.

            VOXIDOV Oybek Rozikovich


            1. Lavozimi: Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori-bosh buxgalter
            2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha
            3. Telefon: 120-36-38
            4. E-mail: info@uzpsb.uz


            Voxidov Oybek Rozikovich 1980 yilda Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “tashqi iqtisodiy faoliyat”, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini “buxgalteriya xisobi”  mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlagan.

            Mehnat faoliyatini 2001 yilda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Akmal Ikromov filiali Iqtisodiy tahlil, xalk xo‘jaligi tarmoqlarini kreditlash va moliya bo‘limida yetakchi mutaxassis lavozimidan boshlagan. Keyinchalik mazkur filial bosh buxgalteri o‘rinbosari, Mirzo Ulug‘bek filiali bosh buxgalteri, Hamza filiali bosh buxgalteri, Hamza filiali boshqaruvchisi lavozimlarida ishlagan.

            2015 yilda  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti direktori, Bank bosh buxgalteri lavozimiga tayinlangan.

            Bankning  buxgalteriya hisobotini tashkil etish, haqqoniyligini ta’minlash, ish haqi, soliq, daromad va xarajatlar xisobini, arxiv ishini nazorat qilish, moliyaviy  xisobotlarni tuzish va rahbariyatga taqdim etish.

            NORXUJAYEV Baxriddin Nuritdinovich


            1. Lavozimi: Yuridik boshqarmasi boshlig'i
            2. Qabul kunlari: Haftaning har kuni soat 08:00 dan 18:00 gacha
            3. Telefon: 120-45-55
            4. E-mail: info@uzpsb.uz


            Norxujayev Baxritdin Nuritdinovich 1964 yilda Jizzax viloyati Jizzax tumanida tug‘ilgan. 1986 yilda Toshkent davlat universitetini “xukukshunos”  mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

            Mehnat faoliyatini 1986 yilda Jizzax viloyati Adliya  bo‘limi maslaxatchisi  lavozimidan boshlagan. 1987 yildan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Jizzax viloyati tuman sudi ijrochisi, Forish tuman davlat notariusi, Paxtakor tuman davlat notariusi, Jizzax shahar sudi sudyasi, Do‘stlik tumani sudi raisi, Jizzax viloyat sudi  raisi  lavozimlarida ishlagan.

            2009 yilda  “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Yuridik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Menejment xatari departamenti direktori o‘rinbosari, yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida samarali faoliyat ko‘rsatgan. 2017 yil aprelidan Yuridik boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan, boshqaruv a’zosi hisoblanadi va mazkur boshqarma 2018 yildan Departament maqomini olgan.
            Bank ichki me’yoriy-huquqiy va boshka hujjatlar loyihalarining konunchilikka muvofiqligi yuzasidan nazorat olib boradi. Bank filiallari va ularning mansabdor shaxslari faoliyatida qonuniylikni ta’minlashni tashkil etadi. Bankning shartnomaviy-huquqiy va talabnoma-da’vo ishlarini yuritadi, davlat organi va tashkilotining mulkiy va boshqa manfaatlarini  ishonchli himoya qilinishini ta’minlaydi.



            Fuqarolar og`zaki arizalarini ko'rib chiqish:

            Tel: (+998 78) 120-45-01 (10-11)

            «UzPSB Mobile»

            Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.