Qimmatli qog'ozlar haqida ma'lumot

Bankning aksiyalari


Bank aksiyalari egasining nomi yozilgan hujjatsiz emissiyaviy qimmatli qog’ozlar bo’lib, ular turiga ko’ra oddiy va imtiyozli bo’ladi. Oddiy aksiyalar ovoz beruvchi aksiyalar bo’lib, ular o’z egasiga dividendlar olish, Bankni boshqarishda ishtirok etish huquqini beradi, o’z egalariga dividendlarni, shuningdek Bank tugatilayotganda aksiyalarga qo’yilgan mablag’larni birinchi navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar imtiyozli aksiyalardir. Imtiyozli aksiyalar Bank ustav kapitalining 20 (yigirma) foizidan ortiq bo’lmagan miqdorda, qoida tariqasida jismoniy shaxslar o’rtasida joylashtiriladi.


Bank aksiyasining nominal qiymati 3.382 (uch ming uch yuz sakson ikki) so’mni tashkil qiladi.


Bankning ustav kapitali (joylashtirilgan aksiyalar soni) 697.926.886.570 (olti yuz to’qson yetti milliard to’qqiz yuz yigirma olti million sakkiz yuz sakson olti ming besh yuz yetmish) so’mni tashkil qiladi va u quyidagi aksiyalarga bo’lingan:


- umumiy qiymati 691.162.886.570 (olti yuz to’qson bir milliard bir yuz oltmish ikki million sakkiz yuz sakson olti ming besh yuz yetmish) so’m bo’lgan 204.365.135 (ikki yuz to’rt million uch yuz oltmish besh ming bir yuz o’ttiz besh) dona egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar;


- umumiy qiymati 6.764.000.000 (olti milliard yetti yuz oltmish to’rt million) so’m bo’lgan 2.000.000 (ikki million) dona egasining nomi yozilgan imtiyozli aksiyalar.

Bank aksiyalari Toshkent shahri, Buxoro ko’chasi 10 uyda joylashgan "Toshkent" Respublika fond birjasining "A" kategoriyasiga kiritilgan.


Bank Ustav kapitali


Bank Ustav kapitali ko’paytirilishiga asos

Ustav kapital miqdori

Aksiyaning nominal qiymati

Bank aksiyalari 15 emissiya risolasi

166.543.000.000

2.785

Bank aksiyalari 16 emissiya risolasi

318.543.008.500

2.785

Bank aksiyalari 17 emissiya risolasi

333.640.917.700

2.917

Bank aksiyalari 18 emissiya risolasi

371.957.581.200

3.252

Bank aksiyalari 19 emissiya risolasi

671.099.419.020

3.252

Bank aksiyalari 20 emissiya risolasi

697.926.886.570

3.382

 

Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015 yil 21 dekabrdagi PQ-2454-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 2016 yil 10 fevraldagi 33-sonli Qarori ijrosi ta’minlash maqsadida hamda Bank Ustav kapitalida xorijiy investorlarning ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi maqsadida 219,8 mlrd.so‘mlik aksiyalarning qo‘shimcha chiqarilishi to‘g‘risidagi qaror va emissiya risolasi 2016 yil 5 martda POOO-21-son bilan Qimmatli  qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish Markazida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.


“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning jami 65,0 mln.dona qo‘shimcha aksiyalari
1,57 AQSH dollari bahosida (jami paket Bank ustav kapitalining 24%,
102,05 mln.AQSH dollari) 2016 yilning 21 aprelida “Toshkent” RFBning valyuta savdo maydoniga birja savdolariga chiqarildi. Bugungi kun holatiga mazkur aksiyalarni joylashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.


Bank Depozit sertifikatlari


Depozit sertifikatl uchun shartlar quyidagicha:


Muddatlari

Yillik ustama foiz miqdori (%da)

181 kundan 365 kunlar davomida

Qayta moliyalashtirish stavkasi minus 1,0 %

366 kundan 730 kunlar davomida

Qayta moliyalashtirish stavkasi minus 0,5 %

731 kundan 1095 kunlar davomida

Qayta moliyalashtirish stavkasi

 

Dividendlar


Dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o’rtasida taqsimlanadigan qismidir. Dividendlar Bank tasarrufida qoladigan sof foydadan va (yoki) o’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to’lanadi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar Bankning buning uchun maxsus mo’ljallangan fondlari hisobidan ham to’lanishi mumkin. Dividend aksiyadorlar o’rtasida ularga tegishli aksiyalarning soni va turiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.


Aksiyalarning har bir turi bo’yicha dividendlar to’lash, dividendning miqdori, uni to’lash shakli va tartibi to’g’risidagi qaror Bank Kengashining tavsiyasi, moliyaviy hisobotning ishonchliligi haqida auditorlik xulosasi mavjud bo’lgan taqdirda, moliyaviy hisobot ma'lumotlari asosida Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi tomonidan qabul qilinadi. Dividendlarning miqdori Bank Kengashi tomonidan tavsiya etilgan miqdordan ko’p bo’lishi mumkin emas.


Bankning moliyaviy yilning birinchi choragi, yarim yilligi va to’qqiz oyi natijalariga ko’ra dividendlar to’lash to’g’risidagi qarori tegishli davr tugagandan keyin uch oy ichida qabul qilinishi mumkin.

Dividendlarni to’lash muddati va tartibi aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi qarorida belgilanadi. Dividendlarni to’lash muddati shunday qaror qabul qilingan kundan e'tiboran 60 (oltmish) kundan kech bo’lmasligi lozim. Dividendlar to’lash to’g’risidagi qarorda dividendlar to’lash boshlanadigan va tugaydigan sanalar ko’rsatiladi.


Bank aksiyadorlariga dividendlarni to’lash to’g’risida qaror qabul qilingan Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishini o’tkazish uchun shakllantirilgan Bank aksiya dorlarining reestrida qayd etilgan shaxslar aksiyalar bo’yicha dividend olish huquqiga ega bo’ladi.


Dividendlar birinchi navbatda imtiyozli aksiyalar bo’yicha, so’ngra oddiy aksiyalar bo’yicha to’lanadi. Imtiyozli aksiyalar oddiy aksiyalar bo’yicha belgilanadigan dividend miqdoridan kamida 10 (o’n) foizli punkt miqdoridan yuqori, lekin Bank foyda ko’rishi-ko’rmasligidan qat'i nazar, aksiya nominal qiymatining 20 (yigirma) foizidan kam bo’lmagan miqdorda dividend olish huquqini beradi. Imtiyozli aksiyalar bo’yicha dividendlar to’lash uchun umumiy ahamiyatga molik zahira fondi tarkibida alohida modda ajratiladi. Imtiyozli aksiyani tugatish qiymati (Bank tugatilayotganda to’lanadi) uning nominalining 100 (yuz) foizini tashkil etadi.


Aksiyadorlarning umumiy yig’ilishi aksiyalarning muayyan turlari bo’yicha dividendlar to’lamaslik to’g’risida, shuningdek Bank ustavida dividend miqdori belgilab qo’yilgan imtiyozli aksiyalar bo’yicha to’liq bo’lmagan miqdorda dividendlar to’lash haqida qaror qabul qilishga haqli. Agar dividendlar to’lash natijasida  Bankning moliya-xo’jalik ahvoli jiddiy tarzda yomonlashadigan bo’lsa, dividendlar to’lash ta'qiqlanadi.


Bank dividendlarning miqdorini ulardan undiriladigan soliqlarni inobatga olmagan holda e'lon qiladi. Bank to’lanadigan dividendlar miqdori to’g’risidagi ma'lumotlarni qimmatli qog’ozlar bozorini tartibga solish bo’yicha vakolatli davlat organining va Bankning rasmiy veb-saytlarida qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda e'lon qiladi.


Bank aksiyadorlari dividendlar bo'yicha ma'lumotlar olishi uchun Bosh Bankning Qimmatli qogozlar bilan ishlash boshqarmasiga yoki bankning joylardagi filiallariga murojaat qilishlari mumkin.


“O’zsanoatqurilishbank” ATB ning 2012-2016 yil yakunlari bo’yicha hisoblangan va to’langan dividenlar to’g’risidama’lumot.


Yillar yakuni bo’yicha

2012

2013

2014

2015

2016

Aksiya turlari

Oddiy

Imtiyozli

Oddiy

Imtiyozli

Oddiy

Imtiyozli

Oddiy

Imtiyozli

Oddiy Imtiyozli

Hisoblangan va to’langan dividenlar foizda

5%

25%

0

20%

2,6%

23%

2,67%

23%

3,13% 23%
 

Aksiyadorlar dividendlarni olish masalasi bo’yicha tegishli filiallarga murojaat qilishlari mumkin.


Murojaat uchun telefonlar: (8 371) 120-45-07, 120-35-75, 120-36-30

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.