Biznes reja

2018 yil biznes rejasini ijrosi to‘g‘risida


2018 yilda umumiy kapital 27%ga oshirilib, 2,8 trln.so‘mga yetkazildi.


Ustav kapitali aktsiyalarni sotish hisobiga 1,3 barobarga ortib, 1,9 trlnd.so‘m miqdorida shakllantirildi.


2018 yil yakuni bo‘yicha sof aktivlar 6,6 trln.so‘mga ortib 30,6 trln.so‘mga yetkazildi, daromad keltiruvchi aktivlar ulushi 90%ni tashkil qildi.


Kredit qo‘yilmalari 2018 yilda 35%ga o‘sib, 27,3 trln.so‘mdan iborat bo‘ldi va jami aktivlardagi ulushi 86%ni tashkil qildi.


Tadbirkorlik sub'yektlarini moliyalashtirishga 3,5 trln.so‘m kredit ajratildi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 iyundagi “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-sonli qaroriga ko‘ra oilalarni tadbirkorlikka jalb qilish va shu orqali ularning turmush tarzi farovonligini oshirish, oila a’zolarini bandligini ta’minlash maqsadida 1380 ta oilaga 25 mlrd.so‘m imtiyozli mikrokreditlar ajratildi.


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2018 yilda 3,5 trln.so‘m kredit ajratildi.


2018 yilda ajratilgan investitsiya kreditlari 1,9 barobarga, kichik biznesga kreditlari 2,4 barobarga ortdi.


Natijada investitsiya kreditlari salmog‘i 21,6 trln.so‘mga yetdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3270-sonli hamda 2018 yil 23 martdagi “Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3620-sonli qarorlariga asosan bankda yangi xizmatlarni joriy qilish, xizmatlar sifatini oshirish, mijozlarga qulaylik yaratish ishlariga e’tibor qaratildi.


Respublikada birinchi bo‘lib mijozlarga 24/7 rejimida filiallararo to‘lovlarni o‘tkazish imkoniyati yaratildi, ish kuni davomida tushliksiz xizmat ko‘rsatish joriy qilindi, Yaponiyaning JCB xalqaro to‘lov tizimi kartalarini to‘lovga qabul qilish bo‘yicha bitim imzolandi.


Bank terminallarida «UnionPay International» xalqaro to‘lov tizimi kartalaridan to‘lovlar qabul qilinishi yo‘lga qo‘yildi.


O‘zsanoatqurilishbank «UnionPay International» va “MasterCard” xalqaro to‘lov tizimlarini a’zosi maqomiga ega bo‘ldi.


O‘zbekistonda birinchi marta bankning milliy valyutadagi VISA kartalaridan dunyoning istalgan mamlakatida foydalanish imkoniyati yaratildi.


Aholi plastik kartadagi pullarini naqd shaklda olishlari uchun 45 ta bankomat o‘rnatildi.


Aholiga va xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi 7 ta “Bank xizmatlari markazlari” tashkil etildi.


O‘zsanoatqurilishbank ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib, xalqaro standartlar bo‘yicha “TUV” muvofiqlik sertifikatini qo‘lga kiritdi.


Bankning 2018 yil uchun daromad va foyda rejalari mos ravishda 139%ga va 206%ga ortig‘i bilan bajarildi.


2086,3 mlrd.so‘mlik daromad olindi hamda 236,9 mlrd.so‘m sof foyda ko‘rildi.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.