Savdo terminalini ijaraga berish xizmati tovarlar yoki korxona xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshirish uchun bank kartalarini qabul qilish imkonini beradi. Bu bank kartalari bilan to‘lovni amalga oshiruvchi mijozlar hisobiga korxonaning aylanma mablag‘larini ko‘paytirish borasida yaxshi usuldir. Bank kartasi egasi xarid qilish qarorini osonroq qabul qiladi, chunki u hamyonida mavjud bo‘lgan naqd pul bilan cheklanmagan va unda o‘z bank hisob raqamida saqlanayotgan barcha mablag‘laridan foydalanish imkoniyati bor. 



Afzalliklar


  • Korxonaning raqobatbardoshligini turli to‘lov shakllari tufayli oshirish 
  • Korxonaning aylanma mablag‘larini yangi mijozlar - bank kartalari egalarini jalb qilish hisobiga ko‘paytirish 
  • Pul mablag‘lari inkassatsiyasiga harajatlarni kamaytirish 
  • Naqd pul aylanmasi bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni kamaytirish 


MIJOZLARGA QUYILADIGAN TALABLAR


Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi.



Bank xizmatlari


01
25 000 so‘m

Savdo terminalini yuridik shaxslarga ijaraga berish

02
15 000 so‘m

Savdo terminalini yakka tartibdagi tadbirkorlarga ijaraga berish


Savdo terminalini ijaraga olish uchun qo‘yiladigan talablar


#

Yozma murojaat

#

Bank bilan terminalga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish

#

Bank bilan terminalni ijaraga berish bo‘yicha shartnoma tuzish

#

Terminalni ijaraga berish-qabul qilish dalolatnomasini rasmiylashtirish 



Terminallarning turlari

vx510.pngVerifone Vx510 terminali, statsionar terminallar qatorida xavfsiz va ishlab chiqarish standartlarini o'z ichiga oladi. Mazkur terminalning yuqori ishlab chiqaruvchanligi va unga biriktirilgan Ethernet (*model Vx510 LAN) interfeysi hisobiga tranzaktsiya jarayonini tezligini oshirish imkonini beradi. Plastik kartochka orqali bajarilgan to'lovlar, naqd pul shakldagi to'lovlardan tez bajariladi!

POS-terminal nafaqat tovarlar to'lovi uchun ishlatilishi mumkin, balki tegishli dasturiy vosita yordamida mobil telefonlar hisobraqamlari, internet tarmog'iga ulanish kabi to'lovlarni ham o'tkazish mumkin.

INPAS ko'p funksionalli dasturiy ta'minoti Verifone uskunalarining mashxur ishonchi bulib, zebo dizayn, ko'p ishlatiluvchi operatsiyalar uchun qo'shimcha qulay ergonomik tugmalar, anik va ravshan ekran xamda kulay xajm xisobiga plastik kartochkalar orqali o'tkaziladigan to'lovlar uchun Vx510 terminaliga tengi yukdir.

Barcha modellarda rezerv aloqa kanalini ta'minlash maqsadida telefon liniyasiga ulanuvchi modem bilan jihozlangan.



Afzalliklar


  •  LAN aloqa tarmog'i orqali tranzaktsiya muddatini 2-3 sekundgachan qisqartirish imkoniyatini beradi
  • Plastik kartochka orqali to'lovni o'tkazish, naqd pul shakldagi to'lovni amalga oshirishdan oson va tezroq bo'ladi

vx670.pngVeriFone Vx670 siz uchun yangi yuqori foydaga ega bo'lgan bozorlar eshigini ochadi.

Vx670 ning simsiz Wi-Fi yoki GPRS tarmog'i orqali restoranlar, barlar, stadionlar xamda uyga etkazib beruvchi tovar va xizmatlar uchun, shuningdek transport xizmatlari jumladan taksi va yuk tashish xizmatlari xaqini joyida to'lash imkoniyatini beradi. PCI-PED standartiga muvofiqligi uskunadagi ma'lumotni yuqori darajada ximoyasini tasdiqlaydi xamda plastik kartochkalardan PIN kod yordamida foydalanish uchun xamma imkoniyatlarni ochib beradi. Bank bilan aloqa Wi-Fi yoki GPRS modullari orqali o'rnatiladi.

Vx670 terminali EMV ning so'nggi spetsifikatsiyasiga muvofiq ishlab chiqarilgan.

Vx Solutions platformasi dasturlari bilan mutloq mutanosiblik, ishlab chiqarish va o'rganish xarajatlarini minimallashtiradi xamda joriy etilgan ekvayring tarmoqlariga yangi modellarni qisqa muddatda kiritish imkoniyatini beradi.

VeriFone Vx670 POS-terminali innovatsion ergonomikasi, yuqori darajadagi qulaylik va funktsionallikni ta'minlab beradi:

  • Restoranlar, mexmonxonalar, stadionlar, ko'rgazmalar xamda tovar va hizmatlarni joylarga etkazib beruvchilar uchun ideal tulov echimidir.
  • Terminal simsiz aloqa va interaktiv xamjixatlik o'rnatish uchun ishlab chiqarilgan bo'lib Wi-Fi yoki GPRS turlaridagi simsiz aloqa o'rnatish tanlovini beradi.
  • VeriFone MAXui foydalanuvchilar uchun juda qulay interfeysni taklif qiladi – katta va yorqin displey yirik yoritgichli klavishalar, bularning xammasi ushbu tarmoqdagi eng kichik uskunalardan biri Vx670 POS terminalida mujassamlashgan.
  • Tizimning yuqori darajadagi ximoyasi, tranzaktsiyani ximoyasini ta'minlaydi.
Ilgor darajadagi ishlab chiqaruvchanlik va funktsionallik:

  • ARM9 32-razryadlik kuchli protsessor, tranzaktsiyalarni bir necha soniyada o'tkazish imkoniyatini beradi.
  • Mustaxkam kobik 90 sm balandlikdan betonga tutishiga chidab bera oladi.
Ushbu industriyada Verifone Vx670 terminali ilk bor WPA va Wi-Fi aloqalalari bilan jixozlangan bo'lib, yangi yanada yuqori talabli bo'lgan, PIN kod kiritish orqali tranzaktsiya amalga oshiruvchi PCI Security Visa va MasterCard tizimlari talablariga javob beradi.

Xozirgi kunda «O'zsanoatqurilishbank» OATB tomonidan elektron-informatsion to'lov terminallarini (infokiosklar) ommaviy o'z-o'ziga xizmat ko'rsatish vositasi sifatida joriy qilish rejalashtirilmoqda.


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.