Maslahatga buyurtma bering

SMS-banking

SMS-Banking - bu bank mijozlariga masofadan xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan va mijozlarning Bank bilan SMS-xabar almashinishiga asoslangan dasturiy majmua.
"SMS-Banking" dasturiy majmuasi doirasida mijoz mobil telefoniga SMS-xabar olish orqali o‘z hisob raqamlaridagi mablag‘ harakatini tunu-kun nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
"SMS-Banking" tizimining joriy etilishi Bankka mijozlarga masofadan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini beradi. Mijozlarga mablag‘ harakati va joriy qoldiq to‘g‘risida SMS-xabar yuborilishi Bankka operatsion kun davomida telefon liniyalarga tushadigan og‘irlikni kamaytirish imkonini beradi.
"SMS-Banking" dasturiy majmuasi mijoz talabnomasiga ko‘ra ishlaydi.



Tizimda quyidagi asosiy sozlama va funktsiyalar bor:



01

Mijozga bir necha mobil telefon raqamini biriktirish

02

Telefon raqamiga mijozning bir necha hisob raqamlarini biriktirish

03

Foydalanuvchilarni tizimga ulash/tizimdan chiqarish

04

Foydalanuvchining alohida telefon raqamlarini tizimga ulash/tizimdan chiqarish

05

Mijozning telefon raqamiga alohida xizmatlarni biriktirish

06

Mijozning telefon raqamiga bosh ofisning ma’muri tomonidan tuzilgan xizmatlar paketini biriktirish


SMS-xabar yordamida foydalanuvchi quyidagi ma’lumotlarni olishi mumkin:


  • hisobdagi joriy qoldiq
  • hisob bo‘yicha oxirgi kiruvchi operatsiyalar
  • hisob bo‘yicha oxirgi chiquvchi operatsiyalar
  • hisob bo‘yicha kirish operatsiyalarining miqdori va summasi
  • hisob bo‘yicha chiqish operatsiyalarining miqdori va summasi
  • shuningdek, foydalanuvchi bank yangiliklarini xabar ko‘rinishida olib turishi mumkin

To‘lov operatsiyalarini bajarish funktsiyasi xavfsizlik nuqtai nazaridan dasturiy majmuaga kiritilmagan.


Mobil banking

Interaktiv xizmat turi orqali mijozlar o'z hisob-raqamlarini mobil aloqa vositalariga o'rnatilgan maxsus dasturiy ta'minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin.