Savdoni moliyalashtirish

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tadbirkorlik sub'yektlarining tashqi savdo operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tashqi savdo risklarini kamaytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish xizmatlarini taklif qiladi.


Moliyalashtiruvchi xorijiy banklar: Commerzbank (Germaniya), Landesbank Baden-Württemberg (Germaniya), Raiffeisenbank (Avstriya), Natixis (Fransiya), Gazprombank (Rossiya), SMBC EUROPE LTD (Yaponiya), Unicredit (Italiya) and ODDO BHF (Germaniya).

 

Kredit maqsadi: Texnologik uskunalar, tayyor mahsulotlar va xom-ashyolar sotib olish uchun;

 

Kredit valyutasi: Evro va AQSh dollari;

 

Har bir loyiha bo‘yicha ajratiladigan kreditning minimal va maksimal summasi: 100 000,0 AQSh dollardan kam bo‘lmagan;

 

Kreditning maksimal muddati: 12 oygacha;

 

Loyiha bo‘yicha beriladigan imtiyozli davr: 11 oygacha, xorijiy bank bilan kelishilgan holda;

 

Xarid qilinadigan uskuna va xom-ashyolarning kelib chiqish mamlakati: Barcha davlatlardan (sanktsiyada bo‘lgan davlatlardan tashqari);

 

Loyiha bo‘yicha ta’minot: 125% miqdorida likvidli ta’minot;

 

Boshqarish uchun komissiya: Har bir loyiha bo‘yicha alohida belgilanadi;

 

Tadbirkorlik sub'yektlarining loyihani moliyalashtirishdagi ulushi: Loyihaning 100% miqdorini kredit hisobiga amalga oshirish mumkin;

 

Moliyalashtirishning asosiy qoidalari:


  • Import shartnoma 100% akkreditiv shaklida bo‘lishi lozim;
  • Import shartnomasi bo‘yicha to‘lov xorijiy bank tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri eksport qiluvchi korxona hisob raqamiga o‘tkazib beriladi.

Zarur hujjatlar:


  • Ariza;
  • Mijoz va xorijiy xamkor (Importyor va eksportyor) o‘rtasida tuzilgan import shartnoma nusxasi;
  • Boshqa tegishli hujjatlar (Biznes reja, buxgalteriya balansi, moliyaviy xisobot, ta’sis hujjatlari va boshq).

Afzalliklari:


  • Siyosiy, yuridik va tijorat risklarini kamaytirish;
  • Standart moliyalashtirish turlaridan arzonligi;
  • Mijozlarga moliyalashtirish shartlarini aniqlashda hamda xizmat ko‘rsatishda individual yondashuv;

Oxirgi yangilanish sanasi: 11.02.2020 11:58

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.