«BIZNЕS IMKONIYAT»

Aylanma mablagʻlarni toʻldirish / UZS, USD, EUR

10 mlrd. soʻm

Kreditning maksimal miqdori

12 oygacha

Kredit muddati

3 oygacha

Imtiyoz muddati

26%

Milliy valyutada

12%

Xorijiy valyutada



Kredit oluvchiga qo'yiladigan talablar:

Korxona faoliyati – Davlat roʻyxatidan oʻtganiga 2 yildan oshgan tadbirkorlik subyektlari

Kredit uchun garovga qo'yiladigan talablar:

Garov taʼminotining istalgan turi, shu jumladan kredit summasidan 125% boʻlgan sugʻirta polisi yoki kafillik.

Siz bilishingiz kerak:

Kreditni rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlar

  • Anketa;
  • Qarz oluvchining taqdim qilgan tegishli davlat solik inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot (2-son shakl);
  • Tdbirkor faoliyatini amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat (litsenziya) nusxasi (agar mazkur faoliyat turi maxsus litsenziya talab qilingan hollarda);
  • Boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi 3 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mldr.soʻmdan yuqori boʻlsa);
  • Qarz oluvchining debitorlik va kreditorlik qarzdorliklari yoyilmasi (agar soʻralayotgan kredit miqdori 2,5 mldr.soʻmdan yuqori boʻlsa). 
  • Qarz oluvchi korxona taʼsischilarining amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan kredit olish yuzasidan roziligi.
  • Sotib oluvchi bilan mahsulot yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnoma nusxasi.
  • Biznes reja.

Kredit kafili uchun zarur hujjatlari

  • Korxona taʼsis hujjatlari (agar kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha ijobiy qarori;
  • Davlat soliq inspeksiyasiga oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida hisobot  (2-son shakl);
  • Kafil korxonaning boshqa banklardagi hisob raqamlarining oxirgi bir yil aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (agar kafil korxonaning asosiy hisob raqamiga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);
  • Kafolat beruvchi korxona nomidan kafillik shartnomasini imzolashga vakolatli shaxsning vakolatini tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
  • Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar kafil korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilgan taqdirda taqdim etiladi);
  • Hisobot davri moliyaviy natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi.

Mulk garovini ro'yxatdan o'tkazish uchun zarur hujjatlar

  • Mustaqil baxolovchi tashkilotning amaldagi qonun hujjatlariga asosan rasmiylashtirilgan hisoboti;
  • Qarz oluvchi/Mulkni  garovga beruvchi uchinchi shaxsning taʼsis xujjatlari (taʼsis shartnomasi, pasport va ustav);
  • Qarz oluvchi/ Mulkni garovga beruvchi uchunchi shaxs mulkdori (taʼsischilari) garov taʼminoti olishga roziligi.

Oxirgi yangilanish sanasi: 19.03.2020 16:01

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.