Shakl:Shrift o'lchami:

Yakka tartibdagi tadbirkorlarni kreditlash

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tizimida yakka tartibdagi tadbirkorlarga naqdsiz shaklda konversiya amaliyoti orqali xalqaro “Biznes karta”ga o‘tkazib berish yo‘li bilan milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida ma’lumot.


Kredit muddati - kreditlarning maksimal muddati 12 (o‘n ikki) oy qilib belgilanadi. Kreditlar muddatini asossiz ravishda uzaytirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.


YaTT faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 6 (olti) oydan kam bo‘lmagan ish tajribasiga ega, to‘lovga qobiliyatli tadbirkorlar kreditlash sub'yektlari hisoblanadi.


Kreditning imtiyozli davri - biznes reja va import shartnomasidagi tovarlarini yetkazib berish muddatidan kelib chiqqan holda aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun 30 bank ish kunidan oshmagan holda belgilanadi.


Kredit maksimal summasi - milliy valyutada 100 000 (yuz ming) AQSh dollari ekvivalentidan oshmagan miqdorda filiallarning vakolati doirasida ajratiladi.


Foiz stavkasi - imzolangan kredit shartnomaga muvofiq belgilanadi.


Kredit ta’minoti - kredit ta’minoti sifatida kredit summasining 125% miqdoridan kam bo‘lmagan bank uchun maqbul yuqori likvidli ta’minot qabul qilinadi.


Kredit maqsadi - aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun.


YaTTlarning xalqaro “Biznes karta”lariga o‘tkazib berilgan xorijiy valyutadagi mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar sotib olinishi yoki naqd pul shaklida yechib olinishi taqiqlanadi, mablag‘larning ishlatilmagan qismini bankka qayta sotish bundan mustasno.


Kreditlar ajratish Bank va YaTT o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomasida belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi.

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.