Kichik biznеs subyеktlarini krеditlash

22 oktyab 2018 yildagi 300-sonli Boshqaruv Qarori (.pdf)Yuklab olish


Qisqa muddatli kreditlar


  • chakana, ulgurji-chakana va ulgurji-savdo faoliyatini amalga oshirishga;

  • ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun xom ashyo sotib olishga;

  • urugʻlik, yem-xashak va omuxta yem, veterinariya preparatlari, oʻsimliklarni himoyalash kimyoviy vositalari, maʼdanli oʻgʻitlar xarid qilishga;

  • ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatuvchi korxonalarga aylanma mablagʻlarini toʻldirishga;

  • uy-joy mulkdorlari shirkatlariga;

  • markazlashgan manbalar hisobiga obyektlarni tayyor holda qurilishni amalga oshiruvchi pudrat tashkilotlariga dastlabki harajatlar va qurilish materiallari sotib olish hamda boshqa harajatlarga;

  • eksportoldi moliyalashni amalga oshirish uchun.


Uzoq muddatli kreditlash:


  • korxona va ishlab chiqarish quvvatlari (obyektlari) qurilishiga;

  • bino va inshootlar qurilishiga;

  • faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish obyektlarini rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizatsiya qilish va texnik texnologik jihatdan qayta jihozlashga;

  • ishlab chiqarishga moʻljallangan asosiy fondlarni, texnika
    va texnologiyalarni, asbob-uskuna va transport vositalarini sotib olishga;

  • yirik investitsiya loyihalari tashabbuskorlariga loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ularni investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun qabul qilishda loyihani moliyalash uchun beriladigan kreditning umumiy summasiga kiritgan holda, ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha harajatlarni moliyalashga.

Kreditlashda qabul qilinadigan garov turlari:
  • mol-mulk va qimmatli qogʻozlar garovi;
  • tijorat banki yoki sugʻurta kompaniyasining kafolati;
  • uchinchi shaxs kafilligi;
  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sugʻurta qilinganligi toʻgʻrisidagi sugʻurta polisi.


Kreditlash xizmati koʻrsatilishini soʻrab mijozlar tomonidan Bank filialiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

  1. erkin shaklda rasmiylashtirilgan ariza (arizada kreditning maqsadi, muddati, soʻralayotgan imtiyozli davr, kredit summasi, foiz stavkasi, kreditning taʼminoti koʻrsatilishi lozim);

  2. qarz oluvchining taʼsis hujjatlari,

  3. davlat roʻyxatidan oʻtganligini tasdiqlovchi guvohnoma nusxalari

  4. biznes-reja;

  5. qabul qilingan buxgalteriya standartlariga muvofiq tayyorlangan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balanslari,

  6. toʻlov muddati 90 kundan oshgan qarzlarni taqqoslash dalolatnomalari;

  7. moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot (2-son shakl);

  8. boshqa kredit tashkilotlaridan olingan qarz mablagʻlari va boshqa banklarda saqlanayotgan boʻsh mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar (agar mavjud boʻlsa);

  9. kreditlash xizmati asosida amalga oshiriladigan loyiha (tadbir) yuzasidan tuzilgan oldi-sotdi va boshqa shartnomalarning nusxalari;


Garov xujjatlari


Kredit taʼminoti sifatida mulk taqdim etilganda:

  1. Garov obyekti boʻyicha mustaqil baxolovchi tashkilot hisoboti;

  2. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs (korxona) taʼsischilarining kredit taʼminoti sifatida mulkni garovga berish yuzasidan roziligi;

  3. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxonaning taʼsis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa);

  4. Mulkni garovga beruvchi uchinchi shaxs korxona direktori va bosh buxgalterining pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa).


Kredit taʼminoti sifatida kafillik taqdim etilganda:

  1. Kafil korxona taʼsischilarining kafillik taqdim etish boʻyicha roziligi;

  2. Kafil korxonaning (tegishli DSIga elektron shaklda takdim etilgan) oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), moliyaviy natijalar toʻgʻrisida xisoboti (2-son shakl);

  3. Kafil korxonaning taʼsis xujjatlari (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa) ;

  4. Hisobot davri moliyaviy natijalari boʻyicha auditorlik xulosasi.

  5. Kafil korxona direktori va bosh buxgalterining (agar mavjud boʻlsa) pasport nusxasi (agar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa) ;

  6. Kafil korxonaning boshqa banklardagi xisob raqamlari buyicha oxirgi 12 oylik aylanmasi toʻgʻrisida maʼlumot (a gar korxonaga boshqa bank tomonidan xizmat koʻrsatilsa).


Kredit olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak


Oxirgi yangilanish sanasi: 11.06.2020 22:19

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.