Maslahatga buyurtma bering

Kreditlash

Kreditlash


Bank tomonidan kichik tadbirkorlik sub`ektlarini  milliy valyutada kreditlash (2013-yil 27-dekabrda 2546-son bilan davlat ro`yxatiga olingan)


Muddati: kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:


  • qarz oluvchi o`z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag`larni shakllantirish va investisiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini  ishlab chiqishga — 12 oy muddatgacha;

  • aylanma mablag`larni to`ldirishga — 18 oy muddatgacha;

  • qishloq xo`jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag`larni to`ldirishga — 24 oy muddatgacha.

Foiz stavkasi:  kredit shartnomasiga muvofiq belgilanadi.


Ta'minot: Qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning  bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta'minot turlaridan biri taqdim etiladi:


  • mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;

  • tijorat banki yoki sug'urta kompaniyasining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan  olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.

Kredit summasi: loyiha asosida.


Mikrokreditlar


Kredit summasi:  eng kam ish  haqining 1000 baravari miqdoridan oshmaydigan summada.


Kredit maqsadi:


  • kichik (mini) uskunalarni  xarid qilish; xususiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirish, shu jumladan, urug`lik, chorva mollari, parranda,  yem-xashak va omuxta yem, veterinariya preparatlari, o`simliklarni himoya qilish kimyoviy vositalari va mineral o`g`itlarni sotib olish;

  • xom-ashyo va materiallarga birlamchi ishlov berish; mehnat qurollari, xom-ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, yordamchi ashyolarni harid qilish;

  • xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san`ati buyumlarini ishlab chiqarish; hunarmandchilikni rivojlantirish, kasanachilik mehnatini tashkil qilish; servis xizmati va maishiy xizmat ko`rsatishni rivojlantirish; sog`liqni saqlash xizmatini rivojlantirish; sayyohlik (turizm) sohasini rivojlantirish;

  • kichik ko`lamdagi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish hamda amaldagi qonunchilik bilan ta`qiqlanmagan iste`mol tovarlarini ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish bilan bog`liq tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish.


Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.


Kredit muddati: kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplash muddatidan oshmagan muddatga.


Kredit ta'minot: qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta`minot turlaridan biri taqdim etiladi:


  • mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;

  • tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.


Mahalliy nooziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar

( O`z.R.P. 28.01.2009 y. PQ-1050ga asosan)


Kredit summasi: loyiha asosida.


Kredit maqsadi: ishlab chiqaruvchi korxonalarga texnologik uskunalar xarid qilish, nooziq-ovqat iste`mol tovarlari ishlab chiqarish uchun zarur bo`lgan xom-ashyo va materiallar sotib olish uchun, hamda ulgurji savdo korxonalariga mahalliy ishlab chiqaruvchilardan nooziq-ovqat iste`mol tovarlarini xarid qilish uchun.


Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.


Kredit muddati - kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplash muddatidan oshmagan muddatga.


Kredit ta'minoti - qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta`minot turlaridan biri taqdim etiladi:


  • mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;

  • tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.


Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga ajratiladigan kreditlar

( O`z.R.P .26.01.2009 y. PK-1047ga asosan)


Kredit maqsadi: mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur bo`lgan texnologiya uskunalari, xom-ashyo va materiallar sotib olish hamda tomchilatib sug`orish tizimlarini xarid qilish uchun, fermer xo`jaliklari, agrofirmalar va boshqa tadbirkorlik sub`ektlariga issiqxonalar barpo qilish hamda tomchilatib sug`orish tizimini tatbiq etish uchun.


Kredit summasi — loyiha asosida.


Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.


Kredit muddati - kreditlanayotgan tadbirning o`zini-o`zi qoplash muddatidan oshmagan muddatga.


Kredit ta`minoti - qarz oluvchi tomonidan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlash maqsadida quyidagi ta`minot turlaridan biri taqdim etiladi:


  • mol-mulk va qimmatli qog`ozlar garovi;

  • tijorat banki yoki sug`urta kompaniyasining kafolati;

  • uchinchi shaxs kafilligi;

  • qarz oluvchi tomonidan olingan kreditni qaytarmaslik xatarining tijorat banki foydasiga sug`urta qilinganligi to`g`risidagi sug`urta polisi.


Uzoq muddatli kreditlar


Bank tomonidan yuridik shaxs maqomini olgan holda hamda yuridik shaxs maqomiga ega bo`lmasdan faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub`ektlarigi uzoq muddatli kreditlar quyidagi maqsadlar va shartlar asosida ajratiladi:


Investision xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish bilan bog`liq kreditar:


Kredit maqsadi: korxona va ishlab chiqarish quvvatlari (ob`ektlari) qurilishiga, faoliyat yuritayotgan ishlab chiqarish ob`ektlarini rekonstruksiya qilish, kengaytirish, modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, ishlab chiqarishga mo`ljallangan asosiy fondlarni, texnika va texnologiyalarni, asbob-uskuna va transport vositalarini sotib olishga;


Kredit summasi – loyiha asosida;


Muddati – 12 oydan ortiq muddatga, ammo loyihani o`zini o`zi qoplash muddatidan ortiq bo`lmagan muddatga;


Foiz stavkasi – shartnoma asоsida;


Kredit ta'minoti – kredit summasining 125% idan kam bo`lmagan ta`minot turlaridan biri (ko`chmas mulk, ko`char mulk, uchinchi shaxslar kafilligi, sug`urta polisi, qimmatli qog`ozlar, kafolat).


Lizing xizmatlari


Lizing maqsadi:  Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshish uchun, Bank tomonidan faqatgina lizing shartnomasi muddati tugaganidan keyin lizing ob`ekti lizing oluvchining mulkiga o`tishini nazarda tutuvchi lizing operasiyalari amalga oshiriladi. Bunda Bankning lizing ob`ektini sotib olish, uni etkazib berish, ishga tayyor holga keltirish bilan bog`liq barcha xarajatlari va kelishilgan foizlar to`lovi lizing oluvchi tomonidan to`lanadi.


Lizing summasi: loyiha asosida.


Muddati: 12 oydan kam bo`lmagan va lizing ob`ekti xizmat muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.


Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulklar (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob`ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).


Ta'minot: lizing oluvchi tomonidan lizing ob`ekti qiymatining 45 foizidan kam bo`lmagan miqdorda likvidli qo`shimcha ta`minot taqdim etiladi.


Foiz stavkasi: lizing shartnomasiga muvofiq belgilanadi.


Mikrolizing


Mikrolizing summasi: eng kam ish haqining ikki ming baravari miqdoridan oshmaydigan summada.


Foiz stavkasi: Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda belgilanadi.


Muddati: 12 oydan kam bo`lmagan va lizing ob`ekti xizmat muddatidan oshmagan muddatga amalga oshiriladi.


Lizing ob'ektlari - tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste`mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko`char va ko`chmas mulklar (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob`ektlar, shuningdek muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo`lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).


Ta'minot: lizing oluvchi tomonidan lizing ob`ekti qiymatining 45 foizidan kam bo`lmagan miqdorda likvidli qo`shimcha ta`minot taqdim etiladi.


Qarz oluvchi barcha kredit va lizing xizmatlaridan foydalanish uchun xizmat ko`rsatuvchi tijorat bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:


  • ariza;

  • qarz oluvchining bank hisobvarag`iga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi ko`rsatilgan biznes-reja;

  • qarz oluvchining tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilgan oxirgi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-son shakl), 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari, moliyaviy natijalar to`g`risida hisobot (2-son shakl), yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyat yuritayotgan dehqon xo`jaliklari bundan mustasno.

Shuningdek, banklar kredit (lizing) berish yuzasidan qaror qabul qilish uchun kredit (lizing) oluvchidan uning kredit (lizing) to`lovlarini amalga oshirish imkoniyatlarini baholash uchun zarur bo`lgan hujjatlar so`rab olinishi mumkin.

Mobil banking

Interaktiv xizmat turi orqali mijozlar o'z hisob-raqamlarini mobil aloqa vositalariga o'rnatilgan maxsus dasturiy ta'minot orqali dunyoning istalgan nuqtasidan boshqarishlari mumkin.