UZCARD EMV plastik kartasi

Yuridik shaxs maqomiga  ega bo'lmasdan turib yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda bevosita tadbirkor faoliyati bilan bog‘liq ehtiyojlar uchun karta, u bankka bormasdan naqdsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

Kartaga buyurtma berish
Chiqarish / qayta chiqarish Boshqa banklarda
25 000 so'm 25 000 so'm
Zarur hujjatlar
Yozma murojaat, yakka tartibdagi tadbirkorning guvohnomasi va pasport nusxasi, bank va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida shartnomani tuzish

  • Karta emissiyasi – 25 000 so‘m
  • Shikastlangan yoki yo‘qolgan kartani almashtirish – 25 000 so‘m
  • Kartani blokdan chiqarish – bepul
  • SMS xabardan foydalanish – bepul
  • Yuridik shaxslar va xususiy tadbirkorlar hisob raqamidan tranzit karta hisob raqamiga mablag‘larni o‘tkazish - 0,5%

Yuridik shaxsni tashkil etmasdan turib yakka tartibdagi tadbirkorlardan talab etiladigan asosiy hujjatlar:

  • Yozma murojaat
  • Yakka tartibdagi tadbirkorning guvohnomasi va pasport nusxasi
  • Milliy valyutadagi korporativ bank kartasidan foydalanish to‘g‘risida bank va yakka tartibdagi tadbirkor o‘rtasida shartnoma tuzish

Yuridik shaxslardan talab etiladigan asosiy hujjatlar
  • Yozma murojaat
  • Korxona/tashkilotni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi haqidagi guvohnoma
  • Korporativ kartadan foydalanish uchun mas’ul xodimni tayinlash to‘g‘risida buyruq nusxasi
  • Mas’ul xodim va korxona/tashkilot o‘rtasida tuzilgan moddiy javobgarlik to‘g‘risidagi shartnoma nusxasi
  • Korporativ karta uchun javobgar shaxsning pasport nusxasi;
  • Korporativ bank kartasidan foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzish
  • Korporativ kartani olish uchun mas’ul xodim nomiga ishonchnoma

Bank kartasini olish uchun onlayn ariza

Onlayn ariza jo'natish uchun shaxsiy kabinetda ro'yxatdan o'tishingiz kerak


Oxirgi yangilanish sanasi: 25.11.2018 19:02

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.