Bank kafolati

Bank kafolati — bank (kafil) boshqa shaxs (printsipal)ning buyurtmasiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida printsipalga beradigan yozma majburiyat (keyingi o‘rinlarda kafolat deb yuritiladi);


Bank kafolati turlari:



01

Bojxona omborini tashkil qilish uchun

02

Bo‘nak to‘lovlarini to‘lanishini ta’minlash

03

Tender savdolarida qatnashish uchun

04

Shartnoma shartlarini ijrosini ta’minlash

05

To‘lov majburiyatlarini ta’minlash

Shartlari


  1. Bank kafolati muddati va miqdori:
    Printsipal va Benefitsiar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq belgilanadi.
  2. Bank kafolati beriladaigan valyuta:
    Milliy va xorijiy valyutada.
  3. Bank kafolati uchun to‘lanadigan komission miqdor:
    Bank Tariflariga muvofiq (Aloxida xollarda Kredit qo‘mitasi qarori asosida).
  4. Bank kafolatlari taqdim qilish talablari:
    • zarar ko‘rib ishlamayotgan bo‘lishi hamda nolikvid balansga ega bo‘lmasligi;
    • muddati o‘tkazib yuborilgan kreditorlik qarzlarining mavjud bo‘lmasligi;
    • moliyaviy yil natijalari bo‘yicha ijobiy auditorlik xulosasiga ega bo‘lishi;
    • ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lishi.
  5. Bank kafolati ta’minoti:
    likvidli mol-mulk yoki qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari garovi va boshqa qonunchilikda belgilangan ta’minot turlari;.


Bank kafolati uchun taqdim qilanadigan xujjatlar ro‘yxati:

  • kafolat buyurtmasi;
  • kafolatdan foydalanishning butun davrini o‘z ichiga olgan pul oqimi tahlili ko‘rsatilgan biznes-reja;
  • tegishli davlat soliq inspektsiyasiga taqdim etilgan so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl), moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), shuningdek 90 kundan ortiq muddatdagi qarzlarga doir solishtirish dalolatnomalari;
  • yil natijalari bo‘yicha auditorlik xulosasi va ta’minot xujjatlari.


Oxirgi yangilanish sanasi: 26.02.2020 15:30

«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.