Bankomatlar va Filiallar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Farmoni xorijiy valyutani aholidan sotish va sotib olish bo‘yicha xizmatlar ko‘lamini kengaytirish imkonini berdi.


Xususan, O‘zsanoatqurilishbankning mamlakatimizning barcha mintaqalarida tashkil etilgan ayirboshlash shoxobchalarida Siz naqd valyutangizni milliy valyutaga konvertatsiya qilishingiz mumkin.

Xuddi shu tarzda, Sizda O‘zsanoatqurilishbankning konversion bo‘limlarida xorijiy valyutani naqdsiz to‘lov orqali xorijiy valyutada hech bir cheklovlarsiz o‘zingizning xalqaro (konversion) plastik kartangizga sotib olish imkoniyati bor.


Ta’kidlash joizki, jismoniy shaxslar xorijiy valyuta sotib olish uchun o‘z xohishiga ko‘ra naqd pul shaklida ham, naqdsiz shaklda (plastik karta bilan) ham to‘lashi mumkin.

Yana bir yangilik, endi siz xalqaro (konversion) plastik kartangizdagi o‘z mablag‘laringizni xorijdagi qarindoshlaringizning xalqaro (konversion) plastik kartalariga o‘tkazishingiz mumkin.


O‘zbekistonning barcha fuqarolari o‘z xalqaro (konversion) plastik kartalaridagi xorijiy valyutani xorijda hech bir cheklovlarsiz sarflashi, to‘lovlarni amalga oshirishi va pullarni naqd pul ko‘rinishida olishi mumkin.


«UzPSB Mobile»

Bankning jismoniy mijozlariga mo'ljallangan ilova bo'lib, iOS va Andorid operatsion tizimda ishlovchi mobil qurilmalar orqali foydalanish imkonini taqdim etadi.