,
18.06.2015

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasi

5 iyun kuni Halqaro biznes markazida O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi hamda Jahon bankining qo‘shma “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining amalga oshirilishi muddatining yarmi yakunilariga bag‘ishlangan hisobot taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Mahalliy idoralar va yuqori samaradorli uskuna va texnologiyalarni O‘zbekistonda joriy etayotgan bir qator tashkilotlar rahbarlaridan tashqari anjumanda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vaziri va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari qatnashdilar.

Anjumanga resurs va energiya samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan loyihalarni moliyalashtirishga qiziqishlarini ta’kidlagan O‘zbekistonning bir qator tijorat banklari rahbarlari taklif etilgan. Loyihada bevosita qatnashayotgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “Asakabank” DATB va “Hamkorbank” ATB vakillari anjumanda mehmon sifatida qatnashgan hamkasblari bilan o‘zlarining bu sohadagi tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Taqdimot dasturida qatnashchi va mehmonlar birinchi o‘rinda loyihaning birinchi bosqichi natijalari bilan tanishib, turli tarmoqlarda energiya samaradorligini yanada oshirishning istiqbolli yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish va sanoat korxonalariga resurslardan samarali foydalanish yo‘nalishida ko‘maklashish yo‘llarini muhokama qilishga imkoniyat yaratilgan.

O‘zbekistonning bir qator yirik korxonalarining rahbarlari hisobot va takliflarini taqdim etishdi. Loyiha jarayonida kredit olgan Navoiy KMK, “O‘zmetkombinat” AIB va “Navoiyazot” AJ hamda boshqa korxona va uyushma rahbarlari o‘zlarining ishlab chiqarishda energiya samaradorligini oshiruvchi texnologiyalarni joriy qilish tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Korxonalarda energiya auditini takomillashtirish masalalari ham muhokama qilindi.
  
Qatnashchilar energiya samaradorligi va resurs tejamkorligining ahamiyati haqidagi xabardorlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor berishdi. Jumladan, Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari maktab o‘quvchilari bilan olib borilayotgan ishlarda qo‘llanilayotgan barcha turdagi resurslardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan yangi tarbiya uslublari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Loyiha shu kunga qadar respublika bo‘yicha 145 mln kVt/s elektr energiyasi va 40 mln kub. m. tabiiy gazni tejalishini ta’minlagan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichlarni tegishli ravishda 550 mln va 168 mlnga chiqarish ko‘zda tutilgan.

“Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasining birinchi bosqichi 2011 yilda boshlanib, uni amalga oshirish maqsadida Jahon bankining Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi 25 mln AQSh dollari ajratgan. Bugungi kunda loyihaning ikkinchi bosqichi davom etyapti, va umumiy kredit miqdori 100 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyihaning asosiy maqsadi sanoat korxonalari energiya samaradorligini energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan investitsiyalarni moliyalashtirish mexanizmini ishlab chiqarish va joriy etishdan iboratdir. Loyihani amalga oshirish 2018 yilning yanvar oyigacha davom etishi ko‘zda tutilgan.

ALSTOM xalqaro kompaniyami ushbu anjumanni qo‘llab quvvatlab uni tashkil etishda qatnashdi.


Дата последнего обновления: 27.08.2018 09:56

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам