,
07.01.2019

XORAZMLIK TADBIRKORLARGA YANGI SOLIQ KONSEPSIYASI MAZMUN-MOHIYATI YETKAZILDI

XORAZMLIK TADBIRKORLARGA YANGI SOLIQ KONSEPSIYASI MAZMUN-MOHIYATI YETKAZILDI O‘zbekistonda soliq tizimining mutlaq yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ho‘sh, ma’murchilikdagi o‘zgarishlar asosan nimalarda namoyon bo‘ladi, u soliq to‘lovchilarga, xususan, tadbirkorlarga nima beradi?!

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB, Davlat soliq qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamkorligida Xorazm viloyatida tashkil etilgan tadbirda tadbirkorlar ana shu savollarga batafsil javob olishdi.

Tadbirda 2019 yildan boshlab soliq tizimini yangi konsepsiya bo‘yicha to‘liq tatbiq etish, ayniqsa qo‘shilgan qiymat solig‘ini keng joriy qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida so‘z bordi.

Hududlarda soliq tizimidagi islohotlarni sifatli amalga oshirish, soliq  to‘lovchilarga bu borada ko‘maklashish hamda narx-navo sun’iy oshishining oldini olish borasida hamjihatlikda ish yuritish lozimligi ta’kidlandi.

Bugungi kunda Xorazm viloyatida soddalashtirilgan tartibda soliq to‘lab kelayotgan va 2018 yil yakuni bo‘yicha 1 mlrd. so‘mdan ortiq tovar aylanmasini amalga oshirgan 676 ta yuridik shaxs hamda 196 ta yakka tartibdagi tadbirkor bor. Yangi tizimga ko‘ra, joriy yilning 1 yanvaridan boshlab ular umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazildi. Ulardan 213 tasida umumbelgilangan soliqlar bilan ishlay oladigan buxgalterlarga ehtiyoji borligi inobatga olinib, har o‘nta tadbirkorga bir nafardan soliq inspektori biriktirildi, metodik qo‘llanmalar tarqatildi.

Soliq to‘lovchilar uchun soliq va moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda amaliy yordam va maslahatlar berib borish maqsadida turkum seminar-treninglar o‘tkazildi, ularga umumbelgilangan soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi aks etgan ko‘rgazmali hamda tarqatma materiallar yetkazib berildi.  

Bank Axborot xizmati






Дата последнего обновления: 09.01.2019 11:28

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам