,
28.01.2019

Xorazmlik tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar tushuntirildi

Xorazmlik tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar tushuntirildi Xorazm viloyatida tadbirkorlik sub'yektlariga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni tushuntirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etildi.
“O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan Mehnat vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari Urganch shahri, Shovot va Xazorasp tumanlarida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi professorlari Sh.Toshmatov hamda T.Boboqulovning chiqishlari tadbirkorlar tomonidan qiziqish bilan kutib olindi.
Seminarlarda Harakatlar strategiyasi doirasida soliq siyosatining takomillashtirish kontseptsiyasining qabul qilinishi va 2019 yildan joriy etilishi, tadbirkorlik sub'yektlarini soliqqa tortish bo‘yicha qonunchilikdagi o‘zgarishlar mazmuni, biznes rejani tuzish va ko‘rsatkichlarning asosliligini baholash singari bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzular bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.
Tadbirkorlik sub'yektlariga, ayniqsa, yosh tadbirkorlarga biznesni boshlashda birinchi navbatda ahamiyat berilishi lozim bo‘lgan masalalar va jarayonlar, soliq uslubiyotidagi o‘zgarishlar va imtiyozlar, biznes rejasini tuzish va tavakkalchilikni baholash to‘g‘risida tushuntirish berildi.
Seminarlarda Xorazm viloyatining barcha hududlaridan 600 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

Bank Axborot xizmati




Подписка


Дата последнего обновления: 28.01.2019 10:21

Мобильный банкинг JOYDA

Совершайте повседневные платежи, используя удобное приложение в смартфоне