,
06.11.2018

Xalqaro WAY4 dasturi endi O‘zbekistonda!

Xalqaro WAY4 dasturi endi O‘zbekistonda! “O‘zsanoatqurilishbank” jahon bank xizmatlari bozorida ommalashgan yana bir dasturiy yechim - WAY4’ni o‘zlashtirish arafasida.

Ushbu dastur respublikadagi boshqa protsessing markazlar va bank protsessing markaziga xizmat qiluvchi hamkor-banklar o‘rtasida banklararo svitchingni tashkil etish imkonini beradi.

WAY4 yechimi asosida aloqasiz to‘lov, virtual, xalqaro kredit va to‘lovni bo‘lib amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lgan plastik kartalarni muomalaga chiqarish, 3D secure texnologiyasiga asoslangan elektron tijorat kabi yangi xizmatlarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bu borada “O‘zsanoatqurilishbank” naqd pulsiz hisob-kitoblar sohasida avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish bo‘yicha yetakchi xalqaro kompaniyalardan biri - «OpenVey Servis» (Rossiya) MChJ bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda. Maqsad - bank o‘z platformasini uning ishonchliligi, xavfsizligi, tezkorligi va samaradorligini oshirish orqali takomillashtirishdan iboratdir.

Aytish joiz, “O‘zsanoatqurilishbank”ning ushbu IT-infratuzilmasini modernizatsiyalash yuzasidan boshlagan sa’y-harakatlari Mastercard, Visa, UnionPay va JCB kabi xalqaro plastik kartalar muomalasini ko‘paytirish va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.


Дата последнего обновления: 06.11.2018 14:23

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам