,
23.10.2018

“Welcome trening” - yosh xodimlar uchun maxsus o‘quv loyihasi

“Welcome trening” - yosh xodimlar uchun maxsus o‘quv loyihasi Kuni kecha loyiha bo‘yicha birinchi trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda xodimlar bank faoliyati, tarixi va bugungi kundagi strategiyasi bilan yaqindan tanishtirildi.

Besh kun davom etadigan mazkur seminar dasturidan, shuningdek respublikamizda amalda bo‘lgan bank sohasiga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar, ularni amaliyotda qo‘llash tartibi, mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari, mijozlar bilan ishlashning psixologik usullari kabi mavzular ham o‘rin olgan.

Bundan tashqari, mashg‘ulotlarda tinglovchilar e’tiboriga bank tizimida innovatsion texnologiyalarga asoslangan bank xizmat turlari va ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari, xorijiy kredit liniyalarni jalb qilish va ular bilan ishlash, chakana operatsiyalarni amalga oshirish, plastik kartalar asosida hisob-kitob qilish tartiblari bo‘yicha ham ma’lumotlar taqdimotli tarzda namoyish etiladi.

Seminarning beshinchi kuni ishtirokchi-xodimlar olgan nazariy bilimlarni amaliyotda ko‘rsatish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank”ning Toshkent shahridagi filial hamda mini banklarining biriga ekskursiya tashkil qilinadi. 

Trening so‘ngida esa tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalari natijalari test sinovlaridan o‘tkazilib, ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

Qayd etib o‘tamiz, “Welcome trening” bo‘yicha ilk mashg‘ulotlar bankning Toshkent shahridagi filiallariga yangi ishga qabul qilingan xodimlar uchun tashkil etildi. Yaqin kelajakda ushbu trening har oy yakunida hududiy filiallar kesimida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Дата последнего обновления: 23.10.2018 17:11

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам