,
07.02.2019

Videorolik: Bank xodimi qanday bo‘lishi kerak?

O‘zsanoatqurilishbank tomonidan mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida maxsus videorolik tayyorlandi.

Rolik mazmunan Bankda yangi ishlab chiqilgan “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari”ni o‘z ichiga olgan. Unda bevosita bank mijozlari bilan ishlovchi xodimlarga qo‘yilgan talablar to‘liq aks ettirilgan.

O‘zsanoatqurilishbankning “Mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari” 8 qismdan iborat. Bular:
- telefon orqali muloqot standarti;
- kross-savdo standarti;
- resepshn xodimi standartlari;
- dress-kod;
- etika va madaniyat;
- hujjatlarni rasmiylashtirish standartlari;
- ish joyi standartlari.

Misol uchun standartlardan biriga ko‘ra, Bankka tashrif buyurgan mijozning hech bir murojaatiga “yo‘q” so‘zini ishlatish mumkin emas. Hatto, mijoz so‘rayotgan mahsulot turi bankda mavjud bo‘lmagan taqdirda ham xizmat ko‘rsatuvchi xodim mijozga u talab qilayotgan xizmat (yoki mahsulot)ning muqobil variantini taklif etishi maqsadga muvofiqdir.

Rolikda har bir standart mohiyati alohida epizodik rollar asosida ochib berilgan. Ular taniqli aktyor va aktrisalar hamda bank xodimlari tomonidan ijro etilgan. 

Quyida mazkur rolik bilan tanishishingiz mumkin:

Bank Axborot xizmati





Дата последнего обновления: 18.02.2019 16:34

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам