,
07.01.2019

“UZPSB MOBILE BUSINESS” ENDI IOS OPERATSION TIZIMIDA HAM ISHLAYDI

“UZPSB MOBILE BUSINESS” ENDI IOS OPERATSION TIZIMIDA HAM ISHLAYDI “O’zsanoatqurilishbank” “UzPSB Mobile Business” xizmati endi iOS operatsiyali tizimga ega mobil telefonlar uchun ham amal qiladi.
Mazkur interaktiv xizmat yordamida yuridik shaxs maqomidagi mijozlar mobil qurilmasiga o‘rnatilgan ilova orqali dunyoning istalgan burchagida o‘z hisob raqamlarini boshqarish imkoniga ega bo‘ladi.
Tizim afzalliklari:
- mijoz o‘z hisobidagi mablag‘ni istalgan bankdagi xohlagan hisobga o‘tkazishi;
- o‘z hisobidagi mablag‘lar harakati bo‘yicha axborot olishi;
- hisoblar bo‘yicha ma’lumot olishi;
- o‘z hisobi qoldig‘ini yuritishi;
- bank to‘lov hujjatlari arxivini yuritishi;
- hisobdagi mablag‘lar harakati va holati haqida hisobot olishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar mazkur turdagi xizmatlar Android operatsion tizimidan foydalanuvchi mijozlar uchun mavjud edi.


Дата последнего обновления: 07.01.2019 10:32

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам