,
01.04.2019

Toshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki ochildi

Toshkent shahrida «Oqlon» texnologiya parki ochildi

Bugun, 2019-yil 1-aprel kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumanida ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parkining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yilning 10-avgust kuni poytaxtimiz tumanlaridagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish chog‘ida «Oqlon» texnologiya parkini barpo etish vazifasini qo‘ygan edi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2018-yil 7-noyabrda “Ko‘p tarmoqli «Oqlon» texnologiya parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Maqsad - investitsiyalarni faol jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish, yangi raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni va texnologiya parklarini rivojlantirishni yanada qo‘llab-quvvatlash, ularning alohida hududlarda jamlanishini ta’minlash, shu asosda ishlab chiqarish sohasida yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligi va farovonligini oshirishdan iboratdir.


Qaror asosida Shayhontoxur tumanida bo‘sh turgan yer uchastkasining umumiy maydoni 1,8 gektar bo‘lgan qismi “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning investitsiya kompaniyasi – “PSBCapital” MChJga ko‘p tarmoqli “Oqlon” texnologiya parkini tashkil etish uchun ajratib berildi. Bunda O‘zsanoatqurilishbank va «PSBCapital» kompaniyasiga istisno tariqasida texnopark hududida ob'yektlarni belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda bir vaqtda loyihalashtirish shartlarida qurishga ruxsat berildi.

Texnopark hududida qisqa muddatda zamonaviy qurilish mahsulotlaridan foydalangan holda to‘rtta zamonaviy ishlab chiqarish ob'yekti qad rostladi, ishlab chiqaruvchilar talablariga mos kommunikatsiya infrastrukturasi barpo etildi, hudud obodonlashtirildi.


Qayd etish kerakki, texnopark hududida umumiy qiymati 110 milliard so‘mlik uchta loyiha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Natijada 1000 ta yangi ish o‘rni yaratilishiga erishiladi.

Xususan, “Colmet engravo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan rangli metallardan turli mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Umumiy qiymati 30 milliard so‘mni tashkil etadigan loyihani amalga oshirilishi natijasida yiliga 20 milliard so‘mlik yuqori qo‘shimcha qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, 190 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Texnopark hududida amalga oshiriladigan yana bir loyiha - sanitar-gigiyenik mahsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi. “Lider kosmetik” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan ushbu loyihaga 35 milliard so‘mlik mablag‘ yo‘naltiriladi. Natijada 260 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.


Shuningdek, “Overbridge” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan jami qiymati 45 milliard so‘mlik koptok ishlab chiqarish loyihasi ham amalga oshiriladi. Korxona to‘la quvvatda ishga tushishi bilan yiliga 875,0 ming dona koptok ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. 550 nafar ishchi doimiy ish bilan ta’minlanadi.

Ta’kidlash kerakki, ushbu loyihalarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar ham faol jalb qilinmoqda. Xususan, “Overbridge” korxonasining koptok ishlab chiqarish loyihasiga xitoylik investor tomonidan 3 million dollar investitsiya kiritilmoqda.

Shu bilan birga “Lider kosmetik” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihaga Turkiya Eksimbanki (3,5 million dollar), “Colmet engravo” korxonasi loyihasiga esa Xitoy Davlat taraqqiyot banki (2,5 million dollar)ning xorijiy kredit liniyalari jalb etiladi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 05.04.2019 18:04

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам