,
22.02.2019

Toshkent shahrida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi ochildi

Toshkent shahrida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi ochildi

2019-yil 22-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida poytaxtimizda Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.


Mazkur markaz faoliyati mahalliy tadbirkorlar va chet ellik investorlarning investitsiya faoliyati hamda ularning loyihalarini moliyalashtirishga ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lib, u Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 21-dekabr kuni Toshkent shahri tumanlariga tashriflari davomida belgilab bergan vazifalariga ko‘ra yo‘lga qo‘yildi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 23-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi hamda Markaziy bank tomonidan Tijorat banklarining 2019-yilda investitsiya faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

“Yo‘l xaritasi”da tijorat banklarida Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazlarini tashkil etish ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi.

d.jpg

Markazda xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatilib, biznes rejalar, texnik iqtisodiy asoslanishlarni ishlab chiqishda, moliyalashtirish mexanizmlari va manbalarini aniqlashda yordam ko‘rsatadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida bugungi kunda tadbirkorlik sub'yektlariga jami 960 mln. doll. bo‘lgan 19 turdagi chet el kredit liniyalari taklif qilinmoqda. Jumladan, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlardan texnologik uskuna va maxsus texnikalar xaridini moliyalashtirish bo‘yicha kredit liniyalari, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining aylanma mablag‘larini to‘ldirish hamda chet eldan tovar va xizmatlar importini moliyalashtirish maqsadida savdoni moliyalashtirish yo‘nalishida xorijiy kredit liniyalari jalb qilingan.

Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazining asosiy vazifalaridan yana biri – chet ellik investorlarga o‘zlari uchun har tomonlama maqbul bo‘lgan loyihalarni tanlashga va ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni kiritishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Shuningdek, markaz tadbirkorlar hamda investorlarga loyiha samaradorligini oshirishda yuzaga keladigan muammolarni mahalliy hokimliklar, tegishli idoralar bilan birgalikda hal etilishiga ham yordam beradi.

Bu borada markaz xodimlari muntazam ravishda joylarlarga chiqqan holda hududlarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan loyiha tashabbuskorlarini aniqlash va ularning investitsion loyihalarini xorijiy kredit liniyalari hisobidan moliyalashtirishga ko‘maklashadi. Buning uchun xodimlarning bilim va malakasi xorijlik ekspertlar ko‘magida oshirib boriladi.

f.jpg

Bundan tashqari, xorijiy investorlarni O‘zbekistonga yanada kengroq jalb etish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” rasmiy saytida (uzpsb.uz) “Invitation page” sahifasi tashkil qilinmoqda. Mazkur sahifa respublikamizga qiziqish bildirgan xorijiy sarmoyadorlarga tayyor investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqishlari va tanlab olishlari uchun qulaylik yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamkorligida O‘zbekistonda birinchilar qatorida tashkil etilgan Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi mamlakatimiz investitsion jozibadorligini oshirishga, bu esa jalb etilayotgan investitsiyalar, shu jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ko‘lamining oshishiga xizmat qiladi.

Kelgusida respublikamizning boshqa hududlarida ham shu kabi Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazlari tashkil etiladi. Ushbu tuzilmalar tadbirkorlar va xorijiy investorlarga “kredit supermarketi” sifatida xizmat qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Toshkent shahar hokimligi hamda “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Investitsiya faoliyatini muvofiqlashtirish va loyihalarni boshqarish markazi barcha mahalliy hamda xorijiy investorlarni hamkorlikka chorlaydi!

Bank axborot xizmati


Дата последнего обновления: 26.02.2019 15:06

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам