,
25.04.2019

“Tashkent Law Spring”: O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” respublika tanlovi sovrindori

“Tashkent Law Spring”: O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” respublika tanlovi sovrindori

Joriy yilning 25-27-aprel kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan “Toshkent huquq bahori” – “Tashkent Law Spring” – Xalqaro yuridik forumida O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” respublika tanlovi g‘oliblari qatorida taqdirlandi.

Forum “O‘zekspomarkaz” majmuida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qator tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro hamkorlar ko‘magida 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasida tashkil qilindi.

Unda Koreya Respublikasi, Singapur, Rossiya, Afg‘oniston, Belarus, Ozarbayjon, Saudiya Arabistoni, Shri-Lanka davlatlarining adliya vazirliklari va qonunchilik tizimi, dunyoning yetakchi arbitraj markazlari rahbarlari, shuningdek yurisprudentsiya sohasining mingdan ziyod vakillari, jumladan, dunyoning 37 mamlakatidan qariyb 240 nafar delegat ishtirok etdi.

Forum doirasida Adliya vazirligi tomonidan huquq sohasining qator yo‘nalishlari doirsida e’lon qilingan respublika tanlovlari g‘oliblari aniqlandi.

O‘zsanoatqurilishbank “Yilning eng yaxshi korporativ yuridik xizmati” tanlovi bo‘yicha sovrindor bo‘lib, 2-darajali diplom hamda pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 26.04.2019 12:56

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам