,
30.04.2019

“Tashabbus – 2019”: Muborak filiali “Eng yaxshi bank xizmati” nominatsiyasi g‘olibi

“Tashabbus – 2019”: Muborak filiali “Eng yaxshi bank xizmati” nominatsiyasi g‘olibi

Prezident sovrini uchun o‘tkaziladigan “Tashabbus – 2019” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Qashqadaryo viloyati Muborak filiali “Eng yaxshi bank xizmati” nominatsiyasi bo‘yicha taqdirlandi.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar, jumladan yosh tadbirkorlarni rag‘batlantirish maqsadida har yili an’anaviy ravishda o‘tkazilayotgan tanlov joriy yilda ham yuqori saviyada boshlab yuborildi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun tadbirkorlar, fermerlar va hunarmandlar o‘rtasida o‘tkaziladigan “Tashabbus – 2019” ko‘rik-tanlovni tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida”gi farmoyishiga binoan tanlovning tuman (shahar) bosqichi 22-apreldan 15-maygacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi 20-maydan 12-iyunga qadar, respublika bosqichi esa 20-21-iyun kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlovning tuman bosqichida O‘zsanoatqurilishbankning Qashqadaryo viloyati Muborak filiali “Eng yaxshi bank xizmati” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mazkur filial o‘tgan asrning 70-yillaridan buyon viloyatning 5 ta – Muborak, Koson, Qarshi, Kasbi, Mirishkor tumanlari aholisiga bank-moliya xizmatlarini ko‘rsatib kelmoqda.

Bugungi kunda filial mijozlari soni o‘ttiz ikki mingga yaqin. Ular tarkibida tadbirkorlik sub'yektlari salmoqli o‘rin egallaydi. Har yili filialning moliyaviy ko‘magida iqtisodiyotining neft-gaz, energetika kabi muhim tarmoqlaridan tashqari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga doir bir necha o‘nlab loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 30.04.2019 17:51

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам