,
02.11.2018

Tadbirkorlar diqqatiga! Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bankka borish shart emas

Tadbirkorlar diqqatiga! Bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun bankka borish shart emas “O‘zsanoatqurilishbank”ning korporativ mijozlarga mo‘ljallangan “Internet banking” va “Mobil banking” xizmatlaridagi imkoniyat va qulayliklar soni tobora oshmoqda. Ulardan biri “Hisobot konstruktori”dir.

“Hisobot konstruktori” orqali istalgan ko‘rinishdagi hisobotlarni tuzish va quyi korxonalarning hisobotlarini kuzatish (tekshirish) mumkin.

“Internet banking” va “Mobil banking”dan foydalanib, bank korporativ mijozlari o‘z quyi tuzilmalari faoliyatini kuzatib borishi, to‘lovlar bo‘yicha oylik, yillik limitlarni belgilashi, to‘lovlarni va kredit qoldiqlarini monitoring qilishi, to‘lov hujjatlarini tasdiqlashi mumkin.

Eng asosiysi, bularning barchasini bankka bormasdan, internet tarmog‘iga ulangan har qanday kompyuter yoki mobil telefon orqali amalga oshirish mumkin.

“O‘zsanoatqurilishbank” “Internet banking” va “Mobil banking” xizmatlari vositasida korporativ mijozlar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar: 

  • Hisob raqam holatini kuzatib borish;
  • Pul mablag‘larini o‘z hisob raqamidan istalgan bankning har qanday hisob raqamiga o‘tkazish;
  • “O‘zsanoatqurilishbank” mijozlari o‘rtasida 24/7 rejimida to‘lov hujjatlarini jo‘natish va ushbu yuborilgan to‘lov hujjatlarini mas’ul ijrochining ishtirokisiz amalga oshirish;
  • Avtoto‘lovlar asosida doimiy ravishda amalga oshirish kerak bo‘lgan to‘lovlarni mijoz qayd etgan vaqt bo‘yicha yuborish;  
  • Mijozga qarashli hisobraqamlararo o‘tkazmalarni amalga oshirish; 
  • Kreditlarni so‘ndirish; 
  • Korporativ plastik kartaga kirim qilish va qoldiq haqida axborot olish;
  • Xodimlarga oylik maoshini plastik kartalariga tushirib berish;
  • Eksport-import shartnomalari holatini ko‘rish;
  • Yo‘l harakati xavfsizlik qoidalarini buzganda jarimalarni to‘lash (Toshkent shahri bo‘yicha);
  • bankdagi barcha hisob raqamlar bo‘yicha istalgan ko‘rinishda hisobotlar olish;
  • “hisobot konstruktori” orqali istalgan shaklda hisobotlar yaratish.

Vaqtingiz va naqdingizni tejang! “O‘zsanoatqurilishbank” “Internet-banking” va “Mobil-banking” xizmatlaridan foydalaning!


Дата последнего обновления: 02.11.2018 12:21

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам