,
26.11.2018

«Sanoatqurilishbank» xodimi Nasimjon Rajabov – Jahon chempioni

«Sanoatqurilishbank»ning Muborak filiali etakchi mutaxassisi Nasimjon Rajabov mas-restling bo'yicha Jahon chempionatida sovrindor bo'ldi.


Joriy yilning 24-25 noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida mas-restling bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada 27 yoshli Nasimjon Rajabov faxrli 3-o'rinni egallab, mamlakatimiz sharafini himoya qildi.

Nasimjon o'z mehnat faoliyatini 2015 yil «Sanoatqurilishbank»ning Qashqadaryo viloyati Muborak filialida kassir lavozimidan boshlagan.

Hozirda u ushbu filialda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko'rib chiqish va ijro intizomini nazorat qilish vazifasini bajarish barobarida O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkiloti etakchisi sifatida ham ish yuritmoqda.
«Sanoatqurilishbank» rahbariyati chempion Nasimjon Rajabov kabi izlanuvchan va intiluvchan xodimlari bilan faxrlanadi! Qahramonimizga esa tan-sihatlik, mazmunli hayot, mehnat faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi.
Jahon arenalarida yana ko'p marotaba yurtimiz bayrog'ini yuksaklarga ko'tarish nasib etishini istab qoladi.
Ma'lumot. Mas-restling – “yog'och tayoq uchun kurash” ma'nosini anglatadi. Ushbu sport dastlab Yakutiyada paydo bo'lib, 2003 yilda Butunrossiya sport turlari reestiriga kiritilgan.











Дата последнего обновления: 26.11.2018 18:06

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам