,
20.12.2018

Sanoat Qurilish Bank Toshkent shahridagi Inxa universitetida moliyaviy texnologiya markazini ochdi

Sanoat Qurilish Bank Toshkent shahridagi Inxa universitetida moliyaviy texnologiya markazini ochdi Sanoat Qurilish Bank Toshkent shahridagi Inxa universiteti bilan o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladi. Va, kelishuvga ko‘ra, universitet binosida bank xizmatlari va amaliyotlarini avtomatlashtirish bo‘yicha “Sanoat Qurilish Bank’ning moliyaviy texnologiya markazi” (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”)ni tashkil etdi. 
Markazda bank va SAP kompaniyasi vakillari talaba-yoshlarga dasturiy ta’minotlar yaratish, ularni bank axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) tizimida joriy qilish, shu sohada yangi bank xizmatlari uchun biznes jarayonlarni tashkil etish va tahliliy hisobotlarni yaratish, shuningdek dasturiy ta’minotlarga texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari bo‘yicha bilim va tajribalar ulashadi.
Loyiha universitet talabalariga turli axborot texnologiyalari yordamida bank biznesining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar asosida mustahkamlashga qulay sharoit yaratadi. Bank uchun esa AKT sohasida kadrlar zaxirasini o‘z vaqtida yuqori salohiyatli mutaxassislar bilan butlashga zamin yaratadi.
Shu maqsadda 2018-2019 o‘quv yilida oliygohning 3-4-bosqich talabalari orasidan bilim jihatdan yuqori reytingga ega 12 nafar talaba tanlab olindi. Kelajakda ular soni bankning shu mutaxassislikka oid talabiga muvofiq oshib boraveradi.
Qayd etib o‘tamiz, Sanoat Qurilish Bank’da xodimlar zaxirasini shakllantirish jahon tajribasida mavjud bo‘lgan “Internship” uslubi asosida olib borilmoqda. Unga ko‘ra, bank faoliyatiga oid mutaxassislik bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining bakalavr yo‘nalishi 3-4-bosqich va magistratura bo‘limi 1-2-bosqichlarida tahsil olayotgan iqtidorli, tashabbuskor, yuqori bilimga ega, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirib, o‘qishni muvaffaqiyatli davom ettirayotgan talabalar dastlab stajirovka o‘tashga jalb qilinmoqda. Keyinchalik esa ular bank rahbariyati tarkibidan tuzilgan komissiya tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ishga qabul qilinmoqda.

Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 20.12.2018 17:27

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам