,
02.08.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” tizimida mehnat qilayotgan fidoiy va iqtidorli yosh xodimlar uchun bir kunlik seminar trening tashkil etildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Bankdagi yetakchilar Kengashi tashabbusi bilan 20 iyul kuni Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Ikki buloq” dam olish maskanida “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida mehnat qilayotgan fidoiy va iqtidorli yosh xodimlar uchun bir kunlik seminar trening tashkil etildi.


Treningga Bank filiallari yetakchilari va iqtidorli, fidoiy va filial rivoji uchun o‘zining hissasini qo‘shayotgan yosh xodimlar bilan bir qatorda Bosh bankka stajyorlikka qabul qilingan nomzodlar - jami 80 dan ziyod kishi taklif etildi.


Tadbir ikki qismga ajratilib, kunning birinchi yarmida Xalqaro press-klub tahlil va monitoring bo‘limi boshlig‘i Sardor Usmanov tomonidan "Etakchilik va samaradorlik asoslari" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Shundan so‘ng O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Bankdagi Yetakchilar kengashi raisi J.Matnazarov va O.Abduraximov Bank xizmatlari va Bankning uzoqqa ko‘zlangan rivojlanish strategiyasi haqida yosh xodimlarga tushuntirish berib o‘tdilar.


Ikkinchi qism xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatni kuchaytirish maqsadida suv polosi, stol tennisi, voleybol singari turli sport musobaqalari, viktorina va ko‘rik tanlovlar shaklida o‘tkazildi.


Dasturdagi sport musobaqalarida g‘olib deb topilgan xodimlar Bank Boshqaruvi nomidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.













Дата последнего обновления: 08.08.2018 16:54

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам