,
04.01.2019

«PLATINUM» - «O‘ZSANOATQURILISHBANK»NING YANGI YIL TUHFASI

«PLATINUM» - «O‘ZSANOATQURILISHBANK»NING YANGI YIL TUHFASI «O‘zsanoatqurilishbank» bayramlar arafasida o‘z mijozlarini xushnud etish an’analarini davom ettirgan holda Yangi yil sovg‘asi sifatida “Platinum” nomli omonatni amaliyotga kiritdi.
Omonatning yillik foiz stavkasi - 20 foiz.
Saqlanish muddati - 26 (yigirma olti) oy.
Omonat bo‘yicha belgilangan boshlang‘ich badalning minimal miqdori 2 000 000 so‘m. Maksimal hajmi - chegaralanmagan. Biroq, unga saqlash muddati oralig‘ida qo‘shimcha mablag‘ kiritib borish mumkin emas.
“Platinum” omonatining boshqa afzalliklari:
- Omonatga mablag‘lar bank jamg‘arma kassalarida omonat daftarchasini rasmiylashtirish orqali yohud masofadan turib “UzPSB Mobile” mobil ilovasi yordamida onlayn tarzda qabul qilinadi;
- omonat foizlari omonatchi xohishiga ko‘ra, har ikki oy uchun oldindan bo‘nak (avans) tarzida naqd pulda (naqd pulda qo‘yilgan omonatlar bo‘yicha) yoki naqd pulsiz shaklda to‘lab beriladi.

Bank Axborot xizmati



Дата последнего обновления: 04.01.2019 12:12

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам