,
13.08.2018

“O‘zsanoatqurilishbank” - fond bozori yetakchisi

So‘nggi bir oy natijalariga ko‘ra “Toshkent” respublika fond birjasida imzolangan bitimlar soni bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATB birinchi o‘rinni egalladi. Bitimlar aylanmasi bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

 Fond bozorining listingga kiritilgan kompaniyalari birinchi o‘ntaligida (TOP-10) “O‘zsanoatqurilishbank” ATB yetakchilik qilib kelmoqda. Bu esa Bankimizga tegishli qimmatli qog‘ozlarning Respublika fond bozoridagi o‘rni yuqori darajaligidan dalolat beradi.

 Aktsiyadorlik jamiyatlarining rasmiy birja listingiga kiritilishi bu - ushbu jamiyatlarning ma’lum darajada ishonchliligidan va moliyaviy barqarorligidan darak beradi. Ular to‘g‘risidagi axborotlarning doimiy oshkor qilib borilishi investorlarning investitsiya kiritishga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

 Aktsiyadorlik jamiyatlarining fond birjasi listingiga kiritilishi, ularning xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvida keng imkoniyatlar yaratadi. 
Chet el fond birjalari esa asosan  o‘z mamlakati fond birjasi listingiga kirgan aktsiyadorlik kompaniyalariga tegishli qimmatli qog‘ozlarnigina savdoga chiqaradilar.


Дата последнего обновления: 13.08.2018 19:24

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам