,
30.01.2019

Oltin va kumush tangalar narxi o‘zgardi

Oltin va kumush tangalar narxi o‘zgardi

Bugun, 2019-yil 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin va kumush esdalik tangalari narxini yangiladi.

Unga ko‘ra, bir dona oltin tanga narxi 13 700 000 (o‘n uch million yetti yuz ming) so‘m, bir dona kumush tanga narxi esa 265 000 (ikki yuz oltmish besh ming) so‘m deb belgilandi.

Avval xabar berganimizdek, sotuvga 1994-2009-yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oltin va kumush tangalar “O’zsanoatqurilishbank”ning Toshkent shahrida Yashnaobod filiali hamda Samarqand va Sirdaryo mintaqaviy filiallarida sotilmoqda.

t.me/centralbankuzb


Дата последнего обновления: 30.01.2019 10:39

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам