,
05.12.2018

Oltin va kumush esdalik tangalari narxi yangilandi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki oltin tangalar narxini 100 000 (yuz ming) so‘mga, kumush tangalar narxini esa 5000 (besh ming) so‘mga oshirdi.


Avval xabar berganimizdek, sotuvga 1994-2009 yillarda zarb etilgan, 2 xil oltin hamda 14 xil kumush esdalik tangalari qo‘yilgan bo‘lib, ularning asillik darajasi 999,9 hamda og‘irligi 31,1 grammdan iborat. Esdalik tangasining og‘irligi, ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqib, ko‘rsatilgan parametrlardan 0,01 grammga farq qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oltin va kumush tangalar Sanoatqurulishbank’ning Toshkent shahrida Yashnaobod filiali hamda Samarqand va Sirdaryo mintaqaviy filiallarida sotilmoqda.

cbu.uz


Дата последнего обновления: 19.12.2018 15:26

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам