,
21.10.2018

O‘zsanoatqurilishbankning Mirzo Ulug‘bek filialida muzey ekspozitsiyasi ochildi

Joriy yilning 20 oktyabr kuni 1895 yilda qurilgan Rossiya imperiyasi Davlat bankining sobiq Toshkent filiali binosida muzey ekspozitsiyasi ochildi. Hozirgi kunda ushbu binoda “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning Mirzo Ulug‘bek filiali faoliyat ko‘rsatmoqda. 

2018 yil 20 oktyabr kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB rahbariyati, bank hamkorlari, ommaviy axborot vositalari va bloggerlar ishtirokida ekspozitsiyaning ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbir mehmonlari o‘lkashunos-tarixchi Boris Golender hamrohligida binoning noyob arxitekturasi va ichki ko‘rinishi bilan tanishdilar.

XIX asr oxirida me’mor V.Geynzelman loyihasi bilan qurilgan ikki qavatli bino Amir Temur xiyoboni ansamblining bir qismi hisoblanadi. Mutaxassislarning ta’kidlashlaricha, bank binosi bizning kunlarimizga deyarli o‘zgarmagan shaklda yetib kelgan.

Bankning tashqi ko‘rinishi o‘sha davr binolariga xos neoklassitsizm uslubida qurilgan. Bankning ichki ko‘rinishi - Rossiya Imperiyasi Davlat banki davridan buyon saqlanib qolgan qismlar to‘plamidan iborat bo‘lib, hozirgi vaqtga kelib qayta tiklangan. Saqlanib qolgan polning qismini takrorlovchi plita naqshlari, gipsli shiftning plintusi qayta tiklandi.

“O‘zsanoatqurilishbank”ning Mirzo Ulug‘bek filialiga tashrif buyurgan mehmonlar XIX asrning asl me’moriy elementlarini: devoriy pech o‘txonasi eshiklari, Frants San-Galli cho‘yan quyish va mexanika zavodining katta eshiklari, pul va boshqa mollarni ko‘tarish mexanizmlarini ko‘rishlari mumkin.

Amaliyot xonasida mehmonlar Toshkent davlat bankining binosi, Qo‘qondagi Moskva hisob palatasi, Samarqanddagi g‘azna, Nikolayev, Romanovskiy ko‘chalari, Kaufman katta ko‘chasi va boshqalarning tarixiy fotosuratlari bilan tanishishlari mumkin. 

Muzey ekspozitsiyasida telefon, yozuv mashinkalari, davlat kredit kartalari singari bir qator tarixiy eksponatlar ham mavjud.

Ma’lumot uchun:

«O‘zsanoatqurilishbank» ATB O‘zbekistondagi eng qadimgi moliya institutlaridan biri. Uning tarixi 1922 yilda Toshkentda Sanoatbankning O‘rta Osiyo bo‘limi ochilishidan boshlanadi. Bankning mamlakatimizda 45 ta filiali mavjud. Eng yirik aktsiyadorlari - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, shuningdek iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridagi korxonalardir.

Bankning barqaror rivojlanishi xalqaro reyting kompaniyalari tomonidan tasdiqlangan. Nufuzli «FitchRatings» xalqaro reyting agentligi O‘zsanoatqurilishbank reytingini yana bir bor «Barqaror» prognozi bilan «В+/В»  darajasida tasdiqladi. Hisobot yilida yana bir nufuzli reyting agentligi «Standard&Poor’s» bankka xuddi shu tarzdagi baxoni taqdim etdi. 

Bank xizmatlari milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi mijozlarni qamrab oladi. O‘zsanoatqurilishbank an’anaviy bank xizmatlarining 50 dan ortiq turini va zamonaviy bank mahsulotlarining boshqa turlarini taklif etadi.








Дата последнего обновления: 25.10.2018 17:55

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам