,
22.02.2019

O‘zsanoatqurilishbankda karyera qilish imkoni bor!

O‘zsanoatqurilishbankda karyera qilish imkoni bor! O‘zsanoatqurilishbank “Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer” hamda “Resepshn adminstratori” vakansiyalariga mutaxassislarni tanlov asosida ishga qabul qiladi!

O‘zbekistonning eng yirik banklaridan birida o‘z karyerasini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun zo‘r imkoniyat!

Resepshn (qabulxona) adminstratorining asosiy vazifalari – mijozni xush kayfiyatda kutib olib, umumiy savollarga javob berish va kerakli mutaxassisga yo‘naltirish.

Mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer esa jismoniy va yuridik shaxslarga konsultatsiya berishi, zarur amaliyotlarni bajarishi, xizmat ko‘rsatish sifatini ta’minlashi lozim.

Talablar:
- Xushxulqlik, muomala madaniyati;
- O‘zbek, rus tillarini bilishi (ingliz tilini bilish imkoniyatingizni oshiradi);
- Bank mahsulotlari va xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi;
- Ish tajribasi.

Suratingiz joylashtirilgan ma’lumotnoma (rezyume, ob'yektivka)ni  z.barasheva@uzpsb.uz manziliga yuboring.
*Ish haqi va boshqa xos masalalar shaxsan suhbatdan so‘ng belgilanadi.


Дата последнего обновления: 22.02.2019 12:00

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам