,
08.04.2019

O‘zsanoatqurilishbank - yana birinchi!

O‘zsanoatqurilishbank - yana birinchi!

7-aprel kuni minifutbol bo‘yicha korxona va tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan navbatdagi chempionat yakuniga yetdi.

2018-yilning oktyabr oyida start olgan musobaqada O‘zsanoatqurilishbank jamoasidan tashqari ERIELL, Enter engineering, DHL, VOSTOK, UzdigitalTV, ToshkentShaharTelefonTarmoģi, AvtoGrandLyus kabi korxona va tashkilotlarning futzal bo‘yicha 12 jamoasi ishtirok etdi.

Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan chempionatda O‘zsanoatqurilishbank jamoasi faxrli 1-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa 2010-yildan beri o‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqada Bankning futzal jamoasi beshinchi marotaba birinchilikni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zsanoatqurilishbank jamoasi 2010-2011-yil 3- o‘rin, 2012-yil 3-o‘rin, 2013-yil 1-o‘rin, 2014-yil 1-o‘rin, 2015-yil 2-o‘rin, 2016-yil 2-o‘rin, 2017-yil 1- o‘rin va 2018-yil 1-o‘rinlarni band etgan.

Bank Axborot xizmati


Дата последнего обновления: 08.04.2019 11:25

«UzPSB Mobile»

UzPSB Mobile - является официальной мобильной системой для оказания удаленных банковских услуг физическим лицам